Sarri Evropadagi eng kuchli jamoa nomini aytdi
08 fev 2019 20:39
Yangiliklar


Sarri Evropadagi eng kuchli jamoa nomini aytdi
"CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri APLning 26-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bu mavsumda "CHelsi" faqatgina kuchli to'rtlik uchun kurasha oladi, biroq undan ortig'iga emas. Albatta, biz boshqa turnirlarda g'olib bo'lishimiz mumkin, ammo APL chempionligi uchun faqatgina "Manchester Siti" va "Liverpul" kurashadi. "Siti" esa hozirda Evropaning eng kuchli jamoasi.
Birinchi davrada ularni mag'lub eta olgandik. Qiyin o'yinda gollar urib, munosib g'alabaga erishgandik. Biroq ularga 3-4 imkoniyat taqdim etsak ham juda yomon bo'lishi mumkin. Jamoaning qimmatbaho himoyasi ancha tartibli va tez. "Siti"ning pressingidan chiqib ketish qiyin bo'ladi", - dedi Sarri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar