Sarri: "Azar individual futbolchi bo'lishga o'rganib qolgan. Endi u jamoaviy o'yinga ko'nikishi kerak"

Aslanov Jasurbek
2 fev 2019, 10:50
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri jamoa futbolchilari Eden Azar va Gonsalo Iguain o'yini haqida fikr bildirdi.

"Jorjinoning APLga ko'nikkani siz undan nima kutayotganingizga bog'liq. Agar undan so'nggi pasni kutayotgan bo'lsangiz, u hali tayyor emas. Odatda Jorjino raqib darvozasidan 40-45 metr uzoqda o'ynaydi, u so'nggi pasni bermaydi, uning ishi boshqa.

Azar haqida gapiradigan bo'lsak, u o'zgaryapti deb o'ylayman. Belgiyalik individual futbolchi bo'lishga o'rganib qolgan, endi u jamoaviy futbolga ko'nikishi kerak. Bu Eden uchun oson emas.

Azarning texnikasi juda kuchli va u taktika jihatdan o'sishga qodir" - deydi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseafc.com