So’nggi yangiliklar

00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  0 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7

Sardor Zokirov: “Neftchi” yoshlar jamoasi tarkibida iqtidorli futbolchilar ko'p" Yangiliklar

Sardor Zokirov: “Neftchi” yoshlar jamoasi tarkibida iqtidorli futbolchilar ko'p"

“Neftchi”- “Lokomotiv” yoshlar jamoalari (2:0) uchrashuvidan mezbonlar murabbiyi Sardor Zokirov Championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Sardor aka, g'alaba bilan tabriklaymiz. Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Bugun qiziqarli va bellashuvlarga boy uchrashuv bo'ldi. “Lokomotiv” yoshlar jamoasi ham kuchli o'yin ko'rsatdi. Bugun bizning g'alabamizga futbolchilarimizdagi intilish, ishtiyoq tasir ko'rsatdi deb o'ylayman. Biz o'z maydonimizda muxlislarimiz qarshisida o'yin ko'rsataganimiz, ular bizni muntazam qo'llab-quvvatlab turganligi g'alabamizga zamin yaratdi.  

- “Neftchi” yoshlar jamoasining bu yilgi mavsumda natijalari chakki emas. Aynan “Neftchi” yoshlar jamoasidan chiqqan futbolchi Xurshid Asqaraliev Superligada “Navbaxor” jamoasiga gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Aynan Xurshid Asaqaraliev kabi yosh iqtidorli futbolchilar yoshlar jamoasi tarkibida bormi?    
- “Neftchi” yoshlar jamoasi tarkibida iqtidorli futbolchilar ko'p. Maslan bugungi o'yinda o'zlaring guvoh bo'ldinglar, yosh hujumchimiz Hamidullo Abduhamidov raqib darvozasiga ikkita gol kiritdi. Hamidullo “U-19” terma jamoasi azosi hisoblanadi.  SHuningdek tarkibimizda  SHodiyor Xojimatov, Mirjalol Nematov, Ilhom Vahobov kabi yoshlarni uchrashuvlarga munosib tayyorlab, tajriba orttirishlariga zamin yaratib, asosiy jamoamiz g'alabalariga o'z hissalarini qo'sha oladigan tarzda futbolchi bo'lib etishishlariga harakat qilamiz. Hozirgi kunda ushbu futbolchilar asosiy jamoamiz mashg'ulotlarida ham ishtirok etishmoqda.                      

- Rahmat, keyingi uchrashuvlarda omad tilaymiz!
- Bugun stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.


Bekzod Tolibov yozib oldi.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика