So’nggi yangiliklar

23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  1 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  0 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  39 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  22 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  5

Sardor Sobirxo'jaev: "CHempion kabi o'ynamagandirmiz, ammo raqiblarimiz biz kabi ham bo'la olmadi" Yangiliklar

Sardor Sobirxo'jaev: "CHempion kabi o'ynamagandirmiz, ammo raqiblarimiz biz kabi ham bo'la olmadi"

OCHLning 5-turida "Al Ayn" maydonidagi g'alabadan keyin "Paxtakor" futbolchisi Sardor Sobirxo'jaev fikrlarini bildirdi.

- O'yinni yaxshi boshladik, golga qadar to'p bizda edi, vaziyatlar yaratdik, zarbalar berayotgandik. Goldan keyin ham "ruhiy chuqurlikka" tushib qolmadik va yaxshi o'ynashda davom etdik. Ikkinchi bo'limda esa gollar urib oldik.

- Tanaffusda murabbiy tomonidan qanday ko'rsatmalar bo'ldi?

- Maksim SHackix tanaffusda ko'proq zarba berishimiz kerakligini aytdi. Birinchi bo'limda kam zarba berganimizni tushuntirdi. Ko'proq pressing qilib, to'pni olib qo'yishga harakat qilishimiz kerak edi.

- Eng muhimi jamoaning OCHLda pley-offga chiqishi uchun imkoniyatlari saqlanib qoldi.

- Qoldi, lekin bu o'zimizning qo'limizda emas. Kimlargadir qarar ekanmiz, lekin juda minimal ekan. Barcha ayb o'zimizda, dastlabki ikki turda yirik hisoblarda yutqazdik. Imkoniyatlarni kutamiz.

- Kelasi mavsumda sizni jamoada ko'ramizmi?

- SHartnomam bor.

- O'zingizda xohish bormi?

- Takliflar bo'lsa ko'rib chiqiladi. Lekin klub bilan yana bir yillik shartnoma bor.

- "Paxtakor"ning ushbu mavsumda shu holatida chempion bo'lishi ortidan ko'plab gap-so'zlar bo'ldi. Lekin "Paxtakor"ning raqiblari ham bu imkoniyatni taqdim qilib berdi.

- Ikki yildan beri raqiblar ham anchagina kuchaydi. 2022 va 2023 yilda "Paxtakor" chempionlar kabi o'ynagani yo'q. 2 mavsumda faqatgina 4-5 o'yinda chempionlar kabi o'ynagandirmiz. Qolgan o'yinlarda o'z darajasidan pastroq bo'ldi. Raqiblar esa bunday ham bo'lmadi. Bunga esa biz aybdor emasmiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика