So’nggi yangiliklar

20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  2 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  21 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  7

Sardor Sobirxo'jaev: "Penalti to'g'ri belgilandi. Eldor menga o'sha vaziyatda "kontakt" bo'lganini aytdi" Yangiliklar

Sardor Sobirxo'jaev: "Penalti to'g'ri belgilandi. Eldor menga o'sha vaziyatda "kontakt" bo'lganini aytdi"

"Paxtakor" jamoasi futbolchisi Sardor Sobirxo'jaev "Olimpik" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

- Mavsumning birinchi o'yini "Paxtakor" futbolchilari uchun qanday o'tdi?

- Mavsum endi boshlandi. Birinchi o'yin qiyin bo'lishi aniq edi. O'tgan mavsum ham "Olimpik"ni ikkita uchrashuvda mag'lub eta olmagandik.

- "Olimpik" jamoasi bugungi bahsda qay jabhalarda "Paxtakor"dan ustun bo'ldi va nima sababdan "Olimpik" ushbu uchrashuvda g'alaba qozondi? 

- Birinchi navbatda, ularning eng katta ustunligi xohish deb o'ylayman. O'yinni 1:0 hisobida boshlash juda qiyin, chunki biz o'yinning 3-4 daqiqasidayoq to'p o'tkazib yubordik. Keyin esa xujumga o'tishga majbur bo'ldik. Raqib jamoa esa bizni kutishni boshladi. Biz shoshilinch tarzda xujumga o'tishni boshladik va shu sabab o'yinimiz bir oz qovushmadi.

- O'yin boshida "Paxtakor" darvozasiga penalti belgilandi. Sizning fikringizcha, o'sha vaziyatda penalti bormidi? 

- Vaziyat bahsli edi, ammo Eldor Suyunov penalti borligini tan oldi. Hakam VAR tizimi orqali penaltini tekshirayotgan vaqtda Eldor menga "kontakt" bo'lganini aytdi. Penalti to'g'ri belgilandi. Mavsum endigina boshlandi va hali oldinda 25 ta bahs bor. Keyingi uchrashuvlarda yaxshiroq o'ynaymiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика