Sardor Rashidov: "Turkmaniston safida mahoratli futbolchilar ko'p"

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2019, 16:54
Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvidan so'ng Sardor Rashidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ummonga qarshi og'ir uchrashuv o'tkazdik. Bu Osiyo Kubogidagi birinchi o'yinimiz bo'ldi. Keyingi bahsda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

Turkmaniston Yaponiyaga qarshi o'yin boshida yaxshi o'ynadi, biroq yutqazib qo'ydi. Ular yaxshi jamoa. Taktik tomonlama kuchli, bir qator mahoratli futbolchilarga ega", - deydi Sardor Rashidov OFK rasmiy saytiga.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-afc.com