So’nggi yangiliklar

21:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23 0:1  14 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  9 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

Sardor Rashidov Osiyo Kubogi rasmiy sayti etirofida Yangiliklar

Sardor Rashidov Osiyo Kubogi rasmiy sayti etirofida

Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogining rasmiy sayti hamyurtimiz Sardor Rashidov haqida maqola chop etdi.
"23 yoshni qarshi olgan Rashidov O'zbekiston terma jamoasining istedodli futbolchilaridan biri hisoblanadi.

U Rivaldo orqali mashhurlikka erishgan "Bunyodkor" jamoasida 2010 yildan beri to'p tepadi.

Toshkent atrofidagi kichik shaharlardan birida tug'ilgan futbolchi ayni paytda jamoasining muhim azolaridan biri hisoblanadi", - deyiladi maqolada.

SHuningdek, uning "Bunyodkor" safida qo'lga kiritgan yutuqlari ham aytib o'tilgan.

"U terma jamoadagi ilk o'yinini OK-2015 saralashi doirasida Vetnam jamoasiga qarshi o'tkazgan. 3:1 hisobida O'zbekistonning g'alabasi bilan yakunlangan o'sha o'yinda u terma jamoadagi dastlabki golini ham kiritishga ulgurgan.

SHundan beri u terma jamoada to'p tepib keladi. Dekabr oyida bo'lib o'tgan yig'inlarda u o'z gollari bilan Falastin, Iordaniya terma jamoalari ustidan g'alaba qozonishga o'z hissasini qo'shdi.

"Oq bo'rilar" muxlislariga shuni aytib o'tishimiz mumkin-ki, Rashidov ayni paytda ajoyib formada. Xitoy, KXDR, Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rin olgan guruhda kurash qizg'in kechishi aniq", - deya fikr bildirilgan turnir rasmiy saytida.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика