So’nggi yangiliklar

18:10Аргентина терма жамоаси устози: "Биз яна бир финалда ўйнашни истаймиз"  0 17:44Ўзбекистонлик футболчи ва футзалчи Осиёда йилнинг энг яхшиси бўлиши мумкин  0 17:23"Бавария" Алиссонни ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 16:58"Барселона" мухлислари учун хушхабар!  2 16:28"Навбаҳор" – "Андижон" ўйинида андижонлик мухлислар учун чиқарилган чипталар деярли 4 соатда сотиб бўлинди  7 16:13Ёш посбон, хет-трик соҳиби, легионер мураббий ва супергол муаллифи — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари  3 15:52Афсона кетмоқда... Иньеста 40 ёшида фаолиятини якунлайди  8 15:24Эрик тен Хаг: "Менга вақт керак"  6 14:50"Интер" ва "Ювентус" "Арсенал" ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:11Буффоннинг тўйида Кьеллини, Бонуччи ва Барцальи ажойиб бир нарсага қўл уришди  1 13:33Эрон ва БААга қарши ўйин учун Сречко Катанец кимларни чақирди?  54 13:03Артета футбол тарихидаги энг яхши футболчини айтди - йўқ, у Роналду эмас  20 12:26Паоло Мальдинининг ўғли Италия термаси сафида дебют қилиши мумкин  1 11:55Винисиус, Леау ёки Хвича: дунёнинг энг яхши чап қанот вингери эълон қилинди  2 11:22Роналду Осиё Чемпионлар Лигасидаги голини отасининг хотирасига бағишлади  0

Sardor Rashidov nega sust? Yangiliklar

Sardor Rashidov nega sust?

Ochig'ini aytaman, bu Osiyo Kubogida Sardor Rashidovdan ko'p narsa kutgandim.

Sardor Rashidovning o'yini menga yoqadi. Agar o'zi xohlasa salohiyati bilan bemalol O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga davogarlik qila oladi. Unda iqtidor yuqori, lekin foydalanishga kelganda negadir dangasalik qiladi.

Sardor Rashidov avgust-sentyabr oyida Kuperning ilk yig'inida qatnashgandi. O'shanda biz Suriya va Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazganmiz. Rashidovning ayniqsa Suriyaga qarshi bahsda yorqin o'yin namoyish etgani hamon yodimda. O'shanda bu futbolchi Ektor Kuper qo'l ostida yanayam o'zini ko'rsatadi deb o'ylagandim.

Lekin nimadir bo'ldi-yu, keyingi ikkita yig'inga (oktyabr - noyabr) jizzaxlik yarim himoyachi chaqirilmadi. Bu esa ko'pchilik qatori meni ham hayron qoldirdi. Faqat dekabr oyiga kelib Rashidov yana terma jamoadan taklif oldi va Turkiya yig'iniga olib ketildi. Turkiya yig'iniga bordi degani Osiyo Kubogida qatnashadigan ro'yxatdan deyarli joy oladi degani edi. Yakunda shunday ham bo'ldi.

SHunday qilib Osiyo Kubogi boshlandi. Sardor Rashidov Ummon bilan kechgan bahsni asosiy tarkibda boshladi, biroq hech o'yini qovushmadi. Natijada murabbiy uni 59-daqiqada Dostonbek Hamdamovga almashtirdi. Aftidan uning o'yini Kuperga ham yoqmagan ko'rinadi, terma jamoamiz bosh murabbiyi Turkmanistonga qarshi kechgan 2-tur bahsida umuman maydonga tushirmadi.

Guruhdagi oxirgi o'yinni Yaponiyaga qarshi o'tkazdik va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldik. Bu o'yinda Rashidov 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va o'yinni kuchaytirish o'rniga o'zining g'alati harakatlari bilan jamoa o'yinini ortga torta boshladi. Rashidov 2015 yil Avstraliyada o'tkazilgan Osiyo Kubogida qush bo'lib uchgandi. Uning Saudiya Arabistoni bilan kechgan bahsda maydonda nimalar qilganini hali esdan chiqarganimiz yo'q.

O'zbek o'g'loni shunday o'ynasa bo'lar ekan-u degandim o'shanda o'zimga o'zim. (O'zbekiston - Saudiya Arabistoni bahsini stadionda ko'rib, o'yinidan rohat olganimni va shundan so'ng Rashidovning muxlisiga aylanganimni yashirmayman). SHundan keyin bu futbolchining oshig'i olchi bo'ldi. Qatarga ketdi, biroz muddat u erda faoliyat yuritgach, BAA chempionatiga kelib o'ynadi. Keyin jamoa topolmay noiloj "Lokomotiv"ga o'tdi. Lekin o'tgan yil ko'rdikki, Sardor Rashidov "Lokomotiv"da o'zini ko'rsata olmadi.

Uning uchun yana oldinga qadam tashlash uchun bitta variant qolgandi: Osiyo Kubogida o'zini ko'rsatish. Aniqrog'i, bu imkoniyatni unga Ektor Kuper taqdim qildi. Bosh murabbiyning ishonchini oqlash uchun ham Rashidov zo'r o'ynab berishi kerak edi, ammo uning Yaponiyaga qarshi qanday harakat qilgani ko'ngilni juda xira qildi.

Bu orada u Portugaliya klubi "Nasonal" bilan shartnoma imzoladi. Qaysi jamoaga o'tish uning ishi, Portugaliyaga ketadimi yo Angliyagami, o'zi biladi, lekin modomiki hozir TERMA JAMOA libosini kiyib yurgan ekan, o'zini boshqalardan alohida olmay maydonga tushganidan keyin borini berishi shart.

Terma jamoamizda yaxshi futbolchilar ko'p, lekin aytaylik Odil Ahmedov bilan Otabek SHukurovning to'p tepayotgan poziciyasi muxlislarni junbushga keltiradigan o'yin ko'rsatish immkonini bermaydi. Ammo Rashidov - maydondagi erkin ijodkor. Qaytanga u Doston Hamdamovni ortidan ergashtirishi kerak emasmi?

Rashidov qachon maydonga tushmasin, undan nimadir kutaman. CHunki u nostandart futbolchi, xohlasa bir o'zi masalani hal qilib qo'ya oladi. Unda iqtidor ham, Xudo bergan talant ham bor. Lekin nima uchun foydalanmayapti hayronman. Kuper unga 15 daqiqa imkon berdi. Ammo Rashidov tushgach, o'yinimiz kuchaymadi. Qaytanga 10 kishi bo'lib qolgandek ko'rindi. Axir bunaqa paytda "svejiy" futbolchi maydon bo'ylab uchishi kerak emasmi?

Yaponiya bilan o'yin o'tib bo'ldi. Endi eslashdan foyda yo'q. Oldinda esa Avstraliya kutib turibdi. Avstraliya terma jamoasida ham Sardor Rashidovga o'xshagan erkin ijodkor bor - Aver Mabil, 21-raqamda o'ynaydi. Murabbiy uni uchta o'yinda sinab ko'rgandi, ikkita gol urdi. Agar Rashidov Avstraliyaga qarshi maydonga tushsa, uni Aver Mabil bilan taqqoslashga harakat qilib ko'raman.

Sardor Rashidov bizga kuchli o'yinlarda kerak. Turkmanistonni boshqa bolalar ham eplay oladi. Ammo Yaponiya va Avstraliyaga o'xshash raqiblar bilan aynan Rashidovga o'xshagan kutilmaganda "portlay" oladigan futbolchi yordam bermasa, bizga juda qiyin bo'ladi.

X.Xoliqov.

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика