Sardor Rashidov: “Hozir “Al Jaish”da pasayish kuzatilmoqda”
09 fev 2017 14:12
Yangiliklar
Sardor Rashidov: “Hozir “Al Jaish”da pasayish kuzatilmoqda”
Ushbu bahsdan so'ng “Al Jaish” klubi futbolchisi, Sardor Rashidov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
“Avvalambor “Bunyodkor” jamoasini g'alaba va guruh bosqichiga chiqqani bilan tabriklayman. To'g'ri, biz o'yinda mag'lubiyatga uchradik. Lekin hujumdagi vaziyatlarni gol bilan yakunlay olmadik. Hozir “Al Jaish”da pasayish kuzatilmoqda. Ichki chempionatda ham omadimiz kelmayapti. O'tgan yilgi “Al Jaish”ni go'yoki yo'qotib qo'ygandekmiz. Bundan fojea yasamasligimiz kerak, hammasi oldinda.
Alam qilgani o'tgan yili klubim bilan yarim final bosqichiga qadar etib borgandik. Endi esa guruh bosqichiga ham chiqa olmadik. Endi bor etiborimizni ichki chempionat bahslariga qaratamiz. “Bunyodkor”ga esa guruh bosqichida omad tilayman.
Biz penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rgan edik, lekin omadimiz kelmadi. Penalti bu lotereya deyiladi 50 ga 50 vaziyat hisoblanadi. Afsuski o'sha vaziyatda gol ura olmadim”, - deydi “Al Jaish” klubi futbolchisi Sardor Rashidov.
Fikrlar