So’nggi yangiliklar

08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  7 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  5 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  10 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  8 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  20

Sardor Rashidov: "Himoyachilarimiz Afifni to'xtatish uchun 50 foiz kuchini ishlatishsa kifoya, biz hamma poziciyada Qatardan kuchlimiz" Yangiliklar

Sardor Rashidov: "Himoyachilarimiz Afifni to'xtatish uchun 50 foiz kuchini ishlatishsa kifoya, biz hamma poziciyada Qatardan kuchlimiz"

O'zbekiston terma jamoasi ertaga JCH-2026 saralash bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi.

Vakillarimiz bu turda Dohada Qatar mehmoni bo'ladi. Ayni vaqtda tayyorgarlikning so'nggi bosqichini o'tkazayotgan terma jamoa azolariga omad tilab qolamiz. Biz esa mazkur bahs oldidan taniqli futbolchi Sardor Rashidovning fikrlari bilan qiziqdik. 

Qatar

Almoez Ali - 25', Almoez Ali - 41', Lucas Mendes - 90'

World Cup Qualification AFC 3rd Round Grp. A . 5-tur

14/11/2024, 21:15

2
:
3
Tugadi

Uzbekistan

Abbosbek Fayzullayev - 75', Abbosbek Fayzullayev - 80'

Stadion: 10759 tomoshabin

45'
90'
25'  Almoez Ali
41'  Almoez Ali
64'  Ahmed Fathi
69'  Ahmed Al Ganehi (Abdulaziz Hatem)
78'  Bassam Al-Rawi (Abdullah Al-Yazidi)
87'  Ibrahim Al-Hassan (Yusuf Abdurisag)
87'  Tarek Salman (Mohammed Muntari)
90'  Mohammed Waad
90'  Lucas Mendes
21'  Eldor Shomurodov (Jaloliddin Masharipov)
46'  Abdulla Abdullaev (Bobur Abdikhalikov)
65'  Sherzod Nasrulloev (Farrukh Sayfiev)
65'  Otabek Shukurov (Jamshid Iskandarov)
73'  Jaloliddin Masharipov
75'  Abbosbek Fayzullayev
80'  Abbosbek Fayzullayev
90'  Azizbek Turgunbaev (Rustamjon Ashurmatov)

- Ertaga bo'lib o'tadigan Qatar O'zbekiston uchrashuvidan qanday o'yin kutyapsiz? Umuman terma jamoamizning bugungi kuni, saralashdagi o'yinlari qanday taassurot qoldirmoqda?

- Ertangi o'yindan faqat g'alaba kutmoqdamiz va bunga majburmiz. Boshqa natija kutish bizni Jahon chempionatidan mahrum qilishi mumkin. Xuddi avvalgi saralashlardagi kabi imkoniyatlarimiz juda yuqori. Biz Qatardan barcha nuqtalarda kuchlimiz va buni maydonda ko'rsatishimiz shart. 

- Bu o'yin Osiyo kubogidagi o'yindan farq qilishi mumkin. Bizda bu safar ustunlik nimada?

- Osiyo kubogidan so'ng oradan 8 oy o'tdi. Terma jamoamiz bu vaqt ichida o'sishga erishdi. Buni inobatga olgan holda Qatarni taslim qilishimiz kerak. Terma jamoamizda hamma narsa joyida. 

- Qatarni oldin xotirjam yutib yurganmiz. Bu terma jamoa nimaning evaziga kuchaydi? Ertaga bizga ko'proq nima kerak bo'ladi? 

- Ular xorijlik va mahalliy futbolchilar evaziga ancha o'sdi. SHunga Osiyo kubogida bizga qiyin bo'lgandi. Ochig'ini aytganda o'sha turnirda yomon ko'rsatmagandik, o'yin tomonlama eng yaxshisi edik. Penaltilar seriyasiga tayyorlanmaganimiz pand bergandi. 

- Hujumkor poziciyangizdan kelib chiqib ertangi o'yinda oldindagi futbolchilarimizning imkoniyatlariga qanday qaraysiz? Tabiiyki, raqibning asosiy quroli ham hujum Akram Afif, Almoez Ali va hokazo...

- Akram Afif hozir yaxshi formada. Lekin uni to'xtatish bizning himoyachilarga qiyin emas. Husanov, Aliqulov uni zararsizlantirishga 50 foiz kuchini sarflasa kifoya. Hujumdagi futbolchilarimizga ko'proq uzoqdan zarbalar berishini takidlagan bo'lardim. Qatar darvozabonlari uzoqdan zarbalarda ko'p xatolarga yo'l qo'yishadi. Buni ichki chempionatda ham ko'rish mumkin. 

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика