Sardor Rahmonov “Neftchi”ga qaytmoqda
28 iyu 2014 18:26
Yangiliklar
Sardor Rahmonov “Neftchi”ga qaytmoqda
Olingan malumotlarga ko'ra, “Neftchi” o'z tarkibiga Sardor Rahmonovni qaytarmoqchi. Yodingizda bo'lsa, 20 yoshli futbolchi qishki yig'inlarni aynan Murod Ismoilov jamoasida o'tkazgandi.
Huquqiy jihatdan “Lokomotiv”ga tegishli bo'lgan himoyachini toshkentliklar kutilmaganda chempionat boshida o'z safiga qaytarib olgandi. Lekin birinchi davrada Sardor ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. SHu bois Vadim Abramov uni yana “Neftchi”ga qaytishiga qarshilik ko'rsatmagan ko'rinadi. Boz ustiga “temiryo'lchilar” davralar oralig'ida o'z tarkibiga Artyom Filiposyanni qo'shib oldi. Bu futbolchi aynan Rahmonovning poziciyasida o'ynaydi. Abramov esa bu chiziqda Filiposyanni maqul ko'rdi.
SHu tariqa ertaga o'z qarorgohida yig'iladigan “Neftchi” tarkibiga Rahmonov kelib qo'shiladigan bo'ldi.
Fikrlar