So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  108 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  5 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  75 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  11 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Sardor Rahmonov: "Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Neftchi"ga o'tdim Yangiliklar

Sardor Rahmonov: "Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Neftchi"ga o'tdim

Huquqiy jihatdan "Lokomotiv"ga tegishli bo'lgan Sardor Rahmonov joriy yil Neftchida ijarada o'ynaydigan bo'ldi.
SHu munosabat bilan undan saytimiz uchun intervyu oldik.

- Sardor, sizni "Neftchi" yig'inida ishtirok etayotganingizdan xabarimiz bor. Aftidan bu yil Farg'onada o'ynaydigan ko'rinasiz. SHundaymi?
- Ha, bu borada barcha masalaga oydinlik kiritib oldik. SHuning uchun endi bir yil "Neftchi"da ijara asosida o'ynayman.

- "Lokomotiv" bu yil chempionlik uchun kurashishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymoqda. Lekin shunga qaramay, jamoangizni o'zgartirishga qaror qildingiz. Bu ko'proq klubda yuzaga kelgan raqobat bilan bog'liqmi?

- Joriy mavsum ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istadim. SHuning uchun "Lokomotiv" rahbariyati ketishimga qarshilik qilmadi. Umid qilamanki bu yil "Neftchi"da men uchun hammasi yaxshi kechadi.

- Lekin "Neftchi"da ham teng kuchli himoyachilar har bir chiziqqa ikkitadan to'g'ri kelmoqda. Demoqchimizki, bu erda ham doimiy ravishda o'ynash oson bo'lmaydi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Ha, buni bilaman. Lekin murabbiy tayyor o'yinchini o'ynatadi. SHu bois men o'z ustimda tinimsiz ravishda ishlab, asosiy tarkibga munosib ekanligimni isbotlamoqchiman va shu orqali jamoamning har bir bahsida maydonga tushib, uning yutuqlariga hissa qo'shishni istayman.

- Farg'ona jamoasiga kelishingiz bosh murabbiy bilan bog'liq bo'lsa kerak?
- Ha, bu erga meni Murod aka Ismoilov taklif qildi. SHuningdek u kishiga yaqindan yordam berishni boshlagan Aleksey Evstafeev ham yangi jamoasiga meni chorladi.

- Yangi jamoangiz safida Hokim Kubogi-2014 turniridan o'rin olgan bitta o'yinda ham ishtirok etishga ulgurdingiz. Dastlabki taassurotlar qanday?
- Neftchida meni iliq kutib olishdi. Hammasi qoniqarli darajada. Muhit ham yaxshi. O'yinga kelsak, hozirdan bir nima deyishim qiyin. Nasib qilsa 15 fevral kuni Turkiyaga jo'nab ketamiz. Aynan ushbu xorij yig'ini mobaynida to'liq moslashib olsam kerak.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика