Sardor Mirzaev: "Yaxshi natija ko'rsatib, OCHLdagi yo'llanmalarimiz sonini saqlab qolmoqchimiz"
05 may 2016 19:00
Yangiliklar
Sardor Mirzaev: "Yaxshi natija ko'rsatib, OCHLdagi yo'llanmalarimiz sonini saqlab qolmoqchimiz"
"Lokomotiv" futbolchisi Sardor Mirzaev "Al Nasr"ga qarshi o'yinda so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ikkala jamoani ham durang qoniqtirardi. SHu sababli, himoyani o'ylab harakat qildik. CHunki, ikkala jamoa ham gol o'tkazib yuborishni istamasdi.
To'g'risi, hali "Al Hilol" haqida o'ylaganimiz yo'q. Milliy chempionatimizda "Obod", keyin esa "Paxtakor"ga qarshi o'yinlar kutib turibdi. Ana o'sha o'yinlardan so'ng arab jamoasiga qarshi tayyorlanishni boshlaymiz. Nasib qilsa, ularni ham yutib O'zbekiston sharafini munosib himoya qilmoqchimiz.
Yaxshi natija ko'rsatib, O'zbekiston klublari uchun OCHLda beriladigan yo'llanmalar miqdorini saqlab qolishni o'ylayapmiz", - deydi Sardor Mirzaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar