So’nggi yangiliklar

20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  2 20:00Суперлига. "Сурхон" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  1 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  4 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2 18:57Лапорта "Барселона" президентлигига қайта сайланмоқчи  6 18:28"Насаф" етакчисига нима бўлди?  6 18:10Анчелотти атайин "Реал"ни мағлубият томон етакладими?  20 17:49Кристофер Нкунку муҳим ўйинларда етарлича ўйин амалиётига эга бўлмагани туфайли "Челси"дан кетмоқчи  1 17:25Харри Кейн "Тоттенхэм"га қарши курашади  0 17:00"Ливерпуль" "Бавария" шартнома имзоламоқчи бўлган немисни илиб кетишга яқин  2 16:39Месси Аргентинанинг июнь ойидаги ўйинлари учун таркибга киритилди  2 16:06"Милан" ҳимоячиси "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди  1 15:40"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда  6 15:13"Милан" Итальянони бош мураббийлик учун номзод сифатида кўрмоқда  1 14:46Палмер наздида дунёнинг энг яхши футболчиси ким?  14

Sardor Mirzaev: “Muxlislar ishonchini oqlaymiz” Yangiliklar

Sardor Mirzaev: “Muxlislar ishonchini oqlaymiz”

Birinchi davrani omadsiz o'tkazgan “Neftchi” ikkinchi davraga Toshkentda tayyorgarlik ko'rmoqda.
Biz fursatdan foydalanib, jamoa azosi Sardor Mirzaev bilan suhbatlashdik. Aytishimiz lozim, Sardor “SHo'rtan”ga qarshi safardagi bahsda o'z dubli bilan “Neftchi”ga g'alaba keltirdi. 

- Cardor, mavsumni omadsiz tarzda o'tkazayotgan "Neftchi"ning birinchi davradagi o'yinlari haqida gapirib o'tsangiz.
- CHempionatni yomon boshlagandik deya olmayman. Hammasi reja asosida ketayotgandi. Biroq o'z uyimizda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berib qo'yganimizdan keyin bizni omad ochiqchasiga tark etdi. SHundan so'ng jamoamizni omadsizlik qurshab oldi. Qolaversa, “Paxtakor”ga ham yutqazdik. Ketma-ket mag'lubiyatlar bizni tushkunlikka tushirib qo'ydi. SHu tushkunlikdan chiqib ketishimiz qiyin bo'ldi. Natijada turnir jadvalida o'zimizga mos bo'lmagan pog'onadan joy oldik.

- Birinchi davradagi omadsizlikning asl sababi nima bilan bog'liq? Faqat tushkunlikmi yoki boshqa sabablar ham bormi? 
- Bu ham qaysidir manoda sabab, ammo o'sha tushkunlikka omadsizlik tufayli tushib qoldik. Aslida ayrim bellashuvlarda omad bizni tark etmaganida bugun siz bilan bu mavzuda gaplashmayotgan bo'lardik. O'ylashimcha, birinchi davrada “Neftchi”ga omad kulib boqmadi. Ayrim bahslarda tayyor g'alabani qo'ldan chiqarganimiz so'zimga isbot bo'la oladi.

- Aynan qaysi o'yinlardagi mag'lubiyatlarni nazarda tutyapsiz?
- Jizzaxda “So'g'diyona”ga qarshi bahsda tayyor g'alabani qo'ldan chiqardik. Garchi safarda o'ynayotgan bo'lsak-da, birinchi golni biz urgandik, biroq uchrashuv yakuniga qadar o'z darvozamizdan ikkita to'p olib chiqdik. Natijada g'alaba mag'lubiyatga aylanib ketdi. SHaxsan menga mazkur mag'lubiyat rosa alam qilgandi.

- Yangi murabbiylarning ish uslubiga ko'nikish qanday kechmoqda?
- Har qanday murabbiyning o'z ish uslubi bor. Tabiiyki, futbolchilar bunga moslashishlari shart. Bizda boshida ozgina qiyinchilik bo'ldi. Har holda ko'p yillar bir uslubda to'p surganmiz. Lekin bora-bora yangi ustozlarimizning ish uslubiga ham ko'nikib qoldik. Ayni kunlarda Toshkentda yig'in o'tkazyapmiz. Bu yig'in davomida Amet Memet boshchiligidagi ustozlarimizning uslubiga yanada moslashib qolamiz, deb o'ylayman.

- Sardor, xolis aytingchi, "Neftchi" bu yil nechanchi o'rinlar uchun kurasha oladi?

- O'ylashimcha, ikkinchi davrada o'yinmizni yaxshilab, g'alabalarimiz sonini oshirsak, bemalol kuchli oltilikdan joy olamiz.

- "Neftchi" muxlislariga ikkinchi davra oldidan nima deya olasiz?
- Ishqibozlarning ishonchini oqlashga harakat qilishda davom etamiz. Ulardan bizni ikkinchi davrada ham qo'llab-quvvatlashlarini so'raymiz. Nasib qilsa, natijalarimiz yaxshilanib, muxlislarimizni g'alabalarimiz bilan xursand qilamiz.

- Sardor, endi o'zingiz haqingizda gaplashsak. So'nggi yillarda futbolchi sifatida o'sishga erishmaganga o'xshaysiz. SHu fikrga qo'shilasizmi?
- Ha. Mening asosiy maqsadim – milliy terma jamoa safida to'p surish. Buning uchun mashg'ulotlarda tinmay ishlab, uchrashuvlarda o'zimni ko'rsatib, kuchli klublarning etiborini qozonishim lozim. SHundagina nimagadir erisha olaman. Hali yoshman, o'zimni ko'rsatishim uchun vaqt bor. Xudo xohlasa, bundan ham yaxshiroq o'ynab, saviyamni oshiraman, degan umiddaman.

- Jamoa almashtirish vaqti kelmadimikan?
- Hozir bir narsa deyishim qiyin. “Neftchi” bilan tuzilgan shartnomam yil oxirida o'z kuchini yo'qotadi. Agar o'sha vaqtda “Neftchi”dan ustun klublardan taklif bo'lsa, o'ylab ko'raman. Sababi, milliy terma jamoada to'p surish uchun saviyamni oshirishim shart.

- Nega o'z vaqtida yoshlar terma jamoasi safida Osiyo chempionatida ishtirok etgan tengdoshlaringizning aksari o'sishdan to'xtab qoldi? Xususan, siz ham.
- Aytganimdek, saviya oshishi uchun futbolchi kuchli klublar safida o'ynashi lozim. Men bu gap bilan “Neftchi”ni kuchsiz demoqchi emasman. “Neftchi”ni qanday klubligini aytmasam ham barcha juda yaxshi biladi. Hamma ayb o'zimda, qaerdadir xatoga yo'l qo'ygan bo'lsam kerak. Ammo etibor bering, “Paxtakor”da o'ynab kelayotgan Temurxo'ja Abduxoliqov, Akbar Ismatullaev sezilarli darajada tajriba ortirishdi. Nega? Sababi, klub har mavsum xalqaro musobaqalarda to'p suradi. Bu tabiiyki, ularni yanada yaxshiroq saviyaga chiqishlari uchun xizmat qiladi.

- 2009 yil Misrdagi jahon chempionatida o'ynagan jamoadoshlaringiz orasida faqatgina Islom To'xtaxo'jaev avvalgi saviyasini ushlab qoldi.

- Islom do'stim, uning har bir yutug'ini xursandchilik bilan qabul qilaman va unga omad tilayman! To'xtaxo'jaevning asosiy yutug'i, uni milliy terma jamoaga chaqirilgani bilan bog'liq deb o'ylayman. O'ziga bo'lgan ishonch ortdi, yuqori saviyadagi uchrashuvlarda maydonga tushib, tajribasini oshirib boraverdi. Mana natijasi.

Mazkur suhbat qisqartirilgan holda havola qilindi. 

Furqatbek NISHONOV suhbatlashdi. 
FutbolEkspress gazetasidan olindi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика