Sardor Mirzaev: Hissiyotlarimni tariflay olmayman
27 noy 2016 08:20
Yangiliklar
Sardor Mirzaev: Hissiyotlarimni tariflay olmayman
Boshqacha aytsak, temiryo'lchilar bir necha yillik urinishlardan so'ng nihoyat, o'z niyatlariga etishdi. Eng qizig'i, Lokomotivga ashaddiy raqib - Bunyodkor ham qaysidir manoda, yordam berib yubordi. Negaki, qaldirg'ochlar 29-tur doirasidagi Navbahorga qarshi o'z maydonlarida o'tgan o'yinda durang (1:1) qayd etishdi. Bu esa tabiiyki, Mirko Yelichich shogirdlarini muddatidan oldin chempion bo'lishlarini taminladi. SHu bois, Lokomotiv futbolchilari Metallurg bilan o'yinda ortiqcha bosimlarsiz, chempionlarga xos harakat qilishdi. Ana shu bellashuv yakuniga etgach, biz temiryo'lchilarning eng faol futbolchilaridan biri - Sardor Mirzaevni suhbatga tortdik.
- Sardor, avvalo, sizni va jamoangizni chempionlik bilan tabriklaymiz. Xo'sh, taassurotlar qanday?
- Tabrik uchun katta rahmat. Taassurotlarni esa so'z bilan ifoda etib bera olmayman. Biz bu kunni uzoq kutgan edik. SHukrki, yakunda maqsadimizga etib, chempion bo'ldik.
- Sizningcha, jamoa muvaffaqiyatining asosiy siri nimada?
- Menimcha, asosiy masala - inoqlikda. CHunki hozirgi Lokomotivdagi barcha insonlar xuddi bir oila azolaridek bo'lib qolgan. Hammamiz birlashib, yagona maqsad yo'lida harakat qildik va bunga erishdik.
- Bunyodkorning o'z maydonida ochko yo'qotishiga qanday munosabat bildirasiz?
- To'g'risi, bu biroz kutilmagan natija bo'ldi. Yaxshi bilasiz, chempionat yakunlanishiga ikki tur qolgan bo'lsa-da, oltin medallar taqdiri hali ochiq turgandi. SHunday holatda Bunyodkorning ochko yo'qotishini esa ochig'i, kutmagandik.
- Metallurg - Lokomotiv uchun noqulay raqib hisoblanadi. Zero o'tgan yilgi mavsumda ham aynan shu klubni mag'lub eta olmagansizlar...
- Ha, chindan ham Metallurgni so'nggi ikki yildan beri chempionat bahslarida enga olmay kelayotgandik. Lekin Bunyodkorning ochko yo'qotishi, buning oqibatida chempion nomiga aniqlik kirishi ishimizni ancha engillashtirdi. Katta bosimdan xalos bo'lib, yuqori kayfiyat bilan to'p surdik. Buning natijasida o'yinimiz ham qovushdi, menimcha.
- Xato bo'lmasa, faoliyatingizda ilk bor chempion bo'ldingiz...
- Xuddi shunday. Birinchi marta O'zbekiston chempionatining oltin medallariga ega chiqmoqdaman. Ochig'i, bu - hozirgacha ushalmagan orzularimdan biri edi. Ammo niyatimga erishishni juda ham istagandim. Umid qilamanki, bu - oxirgisi bo'lmaydi.
- Endi ortga nazar solib, mavsum haqida umumiy xulosalar chiqarish mumkin. Bizningcha, bu mavsum - faoliyatingizdagi eng yaxshisi bo'ldi. Bu fikrga qo'shilasizmi?
- SHak-shubhasiz. CHindan ham, oliy ligadagi faoliyatim boshlaganidan beri eng yaxshi mavsumni o'tkazdim. Taqdirimdan aslo nolimayman: O'zbekistonning eng kuchli jamoasida o'ynayapman, joriy mavsumda esa o'zim kutgandan ham ko'proq gollar urdim.
- Bu yilgi chempionat saviyasi haqida nimalar deya olasiz?
- SHunisi aniqki, mavsumdagi hech bir o'yin biz uchun oson o'tmadi. Tarkibimiz kuchli bo'lishiga qaramay, g'alabalarni katta mashaqqatlar evaziga qo'lga kiritdik. Ligadagi har bir jamoa bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Fikrimcha, shuning o'ziyoq chempionat saviyasi sezilarli darajada oshganini ko'rsatadi.
- Mavsumning uch nafar eng yaxshi futbolchisi sifatida kimlarni ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Paxtakor klubidan Jaloliddin Masharipovni, shuningdek, Lokomotivdagi do'stlarim Temur Kapadze va Temurxo'ja Abduxoliqovlarni.
- O'zingiz orzu qilgan jamoadamisiz yoki bu istak hali amalga oshmadimi?
- Faxr bilan aytishim mumkinki, ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli jamoasi sharafini himoya qilyapman. Lekin men ham aksariyat hamkasblarim qatori, o'z kuchimni xorij klublarida sinab ko'rishni istayman. O'ylaymanki, bu orzuim ham vaqti kelib, amalga oshadi.
- Dunyo futbolida qaysi klublarga muxlislik qilasiz?
- Madridning Real klubiga mehrim bo'lakcha. Sevimli jamoam kuni kecha Madrid derbisida Atletikoni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Bu o'yinni miriqib tomosha qildim.
- Demak, bu yilgi Oltin to'p sovrini Ronalduga nasib qilishini xohlaysiz, shundaymi?
- Albatta. Agar Oltin to'pni Krishtianuga berishmasa, adolatsizlik bo'ladi. Atletiko bilan o'yinda Ronaldu xet-trikka erishdi va bunga har tomonlama haqli ekanligini yana bir bor isbotladi. Qolaversa, Krishtianu Portugaliya terma jamoasi safida Evropa chempioni, Real tarkibida ECHL g'olibi bo'ldi.
- Suhbatimiz so'nggida futboldagi ilk qadamlaringiz, murabbiylaringiz haqida ham so'zlab bersangiz...
- Millionlar o'yiniga kirib kelib kelishimga otam sababchi bo'lganlar. Futbolning ilk sir-asrorlarini esa Oydinbek Aliev va Durbek Mirzaboevdan o'rganganman. SHuningdek, bugungi darajaga etishimda Yuriy Sarkisyanning xizmatlari ham benihoya ulkan bo'lgan.
- Neftchini nima uchun tark etganingizni izohlab bera olasizmi?
- Bilasizmi, men futbolchi sifatida Neftchida o'sib-ulg'aydim va bundan juda xursandman. Lekin yanada o'sishim uchun o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan jamoa safida o'ynashim zarur edi. Ana shunday imkoniyat yuzaga kelgan paytda undan foydalanib qoldim. Biroq qaerda va qaysi jamoa safida o'ynamay, Neftchi hamisha qalbim to'rida bo'lib qolaveradi. Raqib sifatida bu jamoaga qarshi maydonga tushish - men uchun hamisha qiyin bo'lib kelgan.
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Fikrlar