Sardor Eminov: "O'ylaymanki, qo'qonlik muxlislar meni to'g'ri tushunishadi"
23 jan 2016 12:45
Yangiliklar
Sardor Eminov: "O'ylaymanki, qo'qonlik muxlislar meni to'g'ri tushunishadi"
"Jamoamiz yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Tayyorgarliklar juda yaxshi o'tmoqda. Jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajarmochimiz", - deya so'z boshladi Sardor Eminov.
- "Neftchi" oldiga yangi mavsumda qanday vazifa qo'yilgan?
- Jamoamiz oldiga kuchli to'rttalikka kirish vazifa qo'yildi. Maqsad sari oldinga intilamiz. Vazifani uddalashga harakat qilamiz. O'ylaymanki, bu uddalab bo'lmaydigan vazifa emas. "Neftchi" yangi mavsumda kuchli to'rttalikka kira olishiga ishonaman. Bu bizning qo'limizdan keladi.
- Andrey Fyodorov qo'l ostida mashg'ulotlar qay tarzda kechmoqda?
- Hamma murabbiyning o'ziga yarasha yondoshuvi, futbolga bo'lgan qarashi bor. Fyodorov asosan to'p bilan harakatga katta urg'uni beradi. Andrey Fyodorov futbolchilar bir-birlariga to'p uzatmalarni tezlik bilan amalga oshirishlarini istaydi. Mashg'ulotlarda ham shunga katta etibor qaratilmoqda. Umuman olganda, Fyodorov qo'l ostida shug'ullanish menga maqul kelmoqda.
- O'tgan mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasi tarkibida yaxshi o'ynab, mahalliy ishqibozlarning olqishiga sazovor bo'lgandiz. Umuman nega "Qo'qon-1912" klubidan ketdingiz?
- Qo'qonliklar bilan o'rtadagi kelishuv o'z nihoyasiga etgandi, shu sababli jamoani tark etdim. "Neftchi"dan yaxshi taklif bo'ldi va bu chorlovni qabul qildim. O'ylaymanki, qo'qonlik muxlislar meni to'g'ri tushunishadi.
- Yangi mavsumda o'z oldizga qo'ygan shaxsiy maqsadlaringiz nimalardan iborat?
- Avvalo farg'onalik minlab ishqibozlarning ishonchini oqlash va jamoa bilan oldimizga qo'yilar maqsadlarga erishish. Yuqori marralarni zabt etishni istayman. Muhimi - ishqibozlar ishonchi. Muxlislarni o'z o'yinlarim orqali xursand etishga harakat qilaman.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar