Sardor Azmun: "Eron jahon chempionatida guruhdan chiqa oladi"
01 mar 2018 17:14
Yangiliklar
Sardor Azmun: "Eron jahon chempionatida guruhdan chiqa oladi"
Malumki, eronliklar "B" guruhida Ispaniya, Portugaliya va Marokashga qarshi bahs olib borishadi. Eron termasi asosiy hujumchisi Sardor Azmun jamoasining guruhdan chiqa olishini aytdi:
- "Men jahon chempionatini intiqlik bilan kutyapman. Biz katta jamoalarga qarshi o'ynaymiz. Jahon chempionati - eng katta musobaqa va bunda har bir futbolchi zo'r ishtiyoq bilan o'ynaydi. Rossiya men uchun ikkinchi Vatan, chunki Erondan ketganimdan beri shu mamlakatda o'ynayapman. Ispaniya bilan bahs Qozon shahrida bo'lib o'tadi, bundan judayam xursandman".
- "Futbolda ilojsiz narsaning o'zi yo'q. "Rostov" ECHLda "Bavariya"ni mag'lub etdi. Qanday qilib deysizmi? Hammasi yurak nima deyayotganiga bog'liq. Eron terma jamoasi hech kimdan qo'qrmaydi. O'ylashimcha, biz guruhdan ham chiqa olamiz".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar