So’nggi yangiliklar

23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 23:00ЕЧЛ финали учун ПСЖ ва "Интер" жамоаларининг бошланғич таркиблари маълум!  10 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  0 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  0 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  51 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  1 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  0 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  22 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0 17:07АПЛнинг учта клуби Барколяни нишонга олди  1

Sardor Azmun: Eron bilan birga O'zbekiston ham JCH-2018ga chiqishiga tilakdoshman Yangiliklar

Sardor Azmun: Eron bilan birga O'zbekiston ham JCH-2018ga chiqishiga tilakdoshman

Teglar :  Sardor AzmunEron
Biz uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan O'zbekiston – Eron uchrashuvidan so'ng mehmonlarning etakchi futbolchilaridan biri Sardor Azmunni suhbatga tortdik.

Rostov klubi hujumchisi dastlab o'zbekistonlik jurnalistlarga rus tilida gaplasha olmasligini, faqat fors tilida intervyu bera olishini malum qilib, uzr so'radi. Tojik tili forschaga juda yaqinligi bois, Sardor bilan suhbatlashishga deyarli qiynalmadik.

- Sardor, avvalo O'zbekiston bilan o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. Bu siz uchun kutilgan g'alaba bo'ldimi?


- O'zbekiston bilan o'yin og'ir o'tishini kutgan edik. CHunki bu jamoa bilan o'yinlarimiz oson kechmagan. Oldimizdagi vazifa g'alaba qozonish edi. O'yin boshida gol ura olganimiz juda muhim bo'ldi. Aynan ushbu gol raqiblarimiz rejalarini buzdi deb o'ylayman. Ikkinchi bo'limda yaxshi himoyalandik va yakunda g'alabani qo'lga kiritdik.



- Ushbu g'alaba Eronni yana guruh favoritiga aylantiradimi?


- Hali bunday deyishga barvaqt. CHunki endigina 3 ta o'yin o'tkazdik, hamma o'yinlar oldinda. To'g'ri, hozircha peshqadam bo'ldik ammo Janubiy Koreya bilan o'yindan keyin javdal yana o'zgarishi mumkin. Qolaversa, O'zbekiston termasida ham hali juda yaxshi imkoniyat bor.

Qisqa savol-javobdan keyin Azmun miks-zonani tark etgan bo'lsada, biroz o'tib hujumchi qolgan savollarimizga ham javob berishga rozi bo'ldi.azmun

- O'yindan oldin Karlos Keyrush ham, eronlik futbolchilar ham O'zbekiston kuchli raqib jamoa ekanligini takrorlashgandi. Bu xavf asosli bo'lib chiqdimi?


- Fikrimcha, O'zbekiston terma jamoasi o'z o'yinini ko'rsata olmadi. Murabbiylarimiz raqibning o'yinini o'rganishgan va bizga kuchli va kuchsiz jihatlarini aytishgandi. Ko'rsatmalarni to'g'ri bajardik va O'zbekistonga hech qanday imkoniyat bermadik. SHunga qaramay, men O'zbekistonni kuchli raqib deb hisoblayman.

- O'yin boshlanishidan oldingi chigalyozdi mashg'ulotlari paytida Odil Ahmedov bilan nima haqida gaplashdingiz?


- Ahmedov bilan Rossiyada chempionati doirasida uchrashib turamiz. Odilni zaxira o'rindig'ida o'tirganligini ko'rib, u bilan ko'rishdik. Jarohati borligini bilgach, unga tezroq sog'ayishini aytib, bir-birimizga omad tiladik.


- Bugun asosiy tarkib emas, zaxiradan maydonga tushganligingiz nima bilan bog'liq?

- Bu murabbiylarimizning o'yinga rejasi edi. Afsuski, ikkinchi bo'lim yakunida ikki marta juda yaxshi vaziyatlardan foydalana olmadim. O'yingohdagi muhit menga yoqdi. Eron bilan birga O'zbekiston ham JCH-2018 chiqishiga tilakdoshman.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика