Serdar Azmun: "Do'stim Odil Ahmedovni ko'rish uchun stadionga keldim"
14 jan 2019 12:00
Yangiliklar
Serdar Azmun: "Do'stim Odil Ahmedovni ko'rish uchun stadionga keldim"
Osiyo Kubogi 2-turidan o'rin olgan Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvini ko'rish uchun Eron hujumchisi Serdar Azmun tashrif buyurdi.
Mashhur futbolchining qisqa bo'lsa ham fikrlarini olishga muvaffaq bo'ldik.
"Bugun menda dam olish kuni shu bois do'stim Odil Ahmedovning o'yinini ko'rish uchun stadionga keldim.
Uchrashuvda menimcha Ahmedov eng yaxshi futbolchi bo'ldi. Osiyo Kubogida ko'plab yaxshi jamoalar bor, kim finalga chiqishini oldindan aytish qiyin", - deydi Azmun.
Akramjon Mamadaliev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
16:45
Siavash Haqnazari: "Bizga kim raqib bo'lishining farqi yo'q, o'zimizning aniq maqsadimiz bor" 6
Fikrlar