Sardor Abduraimovga "Surxon" qiziqmoqda
16 avg 2020 20:52
Yangiliklar
Sardor Abduraimovga "Surxon" qiziqmoqda
"Bunyodkor"ni tark etib "Mashal"ga qaytgan Sardor Abduraimov "Surxon" jamoasi qiziqishlari doirasida turibdi.
Buni biz bilan suhbatda bo'lgan "Mashal" klubi direktori Ilhom Qurbonov bu borada fikrlarini bildirdi.
"Ha, Murtazoev va Abduraimov hozirda jamoamiz bilan shug'ullanmoqda. Ularga hech qaysi jamoadan aniq taklif kelib tushgani yo'q. Faqat, Sardor Abduraimovga "Surxon" jamoasi qiziqish bildirmoqda. U ham hali aniq emas. Jamoamizni legionerlardan turkmanistonlik Didar Durdiev tark etgan, u bilan do'stona xayrlashdik. Sardor Eminovni taklif qildik. U jamoamizga foyda keltirishlariga ishonaman",- deydi klub direktori.
Ilhom Qurbonov bilan batafsil intervyuni tez orada saytimizda o'qishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar