So’nggi yangiliklar

14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  0 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  1 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  0 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  7 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  5 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  6 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16

Saraton ustidan g'alaba qozongan sardor Yangiliklar

Saraton ustidan g'alaba qozongan sardor

Teglar :  Marko Russ
"Ayntraxt" futbolchisi Marko Russ futbolga qaytadi.

Marko Russ hayotida 2016 yilning may oyidagi voqeadan yomonrog'i bo'lmagan. Avvaliga uning doping-testida qonda o'sish gormoni ko'pligi shubha uyg'otdi. Keyin, Bundesligada jon saqlab qolish uchun birinchi pley-off uchrashuviga bir kun qolganida juda yomon xabar keldi: Unda saraton aniqlandi.

Marko 31 yoshda, u "Ayntraxt" tarbiyalanuvchisi va sardori. Russning "Volfsburg"ga o'tishini hisobga olmasak, u deyarli butun faoliyatini shu erda o'tkazgan. U Saraton haqida eshitganidan so'ng, murabbiyga o'ynashda davom etishini aytdi.


Muxlislar uni haqiqiy erkak va shahar qahramoni sifatida qo'llab-quvvatlashdi. Russ pley-offning birinchi o'yinida (1:1) o'z darvozasiga gol urib, sariq kartochka oldi va keyingi uchrashuvni o'tkazib yuborishi kerak edi.


"Ayntraxt" futbolchilari javob uchrashuviga Russ familiyasi yozilgan futbolkalarda chiqishdi.


Marko yoz davomida ikkita kimyoterapiya kursidan o'tdi va kasallikdan so'ng ilk marotaba avgustda omma oldida paydo bo'ldi.


"Birinchi davolanish deyarli yaxshi o'tdi, ikkinchisida juda qiyin bo'ldi. Uch hafta yomon holatda yotdim" - deydi Russ.

Kecha (20 oktyabr) Marko to'liq tuzalgani malum bo'ldi. "SHifokorlar u futbolga qaytishi mumkinligini aytishdi. Biz juda baxtlimiz"  - deydi "Ayntraxt" ustozi Niko Kovach.

"Agar hammasi reja bo'yicha ketsa, yanvarda Abu-Dabidagi yig'inga boraman" - deya rejalari haqida so'zlab berdi futbolchi.

"Bavariya"ga qarshi bahsda Russni nemis grandining barcha futbolchilari quchoqlashdi.


Sog' bo'l, Marko!

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика