Sarabiya PSJga qaytadi
11 apr 2022 18:01
Yangiliklar
Sarabiya PSJga qaytadi
Lissabonning "Sporting" jamoasida ijara asosida o'ynayotgan PSJ hujumchisi Pablo Sarabiya yozda parijliklar safiga qaytadi.
29 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum Lissabon klubi tarkibida 18ta gol urishga erishdi, ammo uning hozirgi jamoasi uni to'liq asosida sotib olishga qurbi etmaydi.
Bu uning PSJga qaytishini anglatadi, uning parijliklar bilan shartnomasi ikki yildan so'ng yakuniga etadi.
Parij klubi yozgi transfer oynasida hujum chizig'idagi bir necha o'yinchilari bilan xayrlashmoqchi - Anxel Di Mariya, Yulian Draksler va Mauro Ikardi.
Fikrlar