S.Arabistoni futbolchilari Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgani uchun qancha mukofot puli oladi?
23 jan 2020 19:45
Yangiliklar
S.Arabistoni futbolchilari Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgani uchun qancha mukofot puli oladi?
Xabaringiz bor, kecha 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi yarim finalida Saudiya Arabistoni so'nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga O'zbekiston ustidan zafar quchib, Tokio-2020 Olimpiada yo'llanmasiga ega chiqdi.
Ular ushbu yutuq uchun qancha mablag'ga ega bo'lishi malum bo'ldi.
“Saudiya Arabistoni Sport vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Turki olimpiya terma jamoasining har bir o'yinchisiga Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritgani uchun 53 ming dollar miqdorida mukofot puli topshirish bo'yicha qaror qabul qildi”, – deb xabar beradi futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev telegram'dagi sahifasi orqali.
Eslatib o'tamiz, saudiyaliklar qita birinchiligining finalida Janubiya Koreyaga qarshi to'qnash keladi. Uchrashuv 26 yanvar, soat 17:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
16:21
U-23 Osiyo kubogi. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvida bizga tanish hakam ishlaydi 19
Fikrlar