So’nggi yangiliklar

16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  2 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  12 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  22 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

Sanjar Tursunov: “Murabbiyga tinchlanishini aytdim. Men qolaman” Yangiliklar

Sanjar Tursunov: “Murabbiyga tinchlanishini aytdim. Men qolaman”

Ukraina chempionatida Maksim SHackix va Vitaliy Denisovdan so'ng Sanjar Tursunov ham o'z o'yinlari bilan barchaning olqishiga sazovor bo'layotgani biz uchun quvonarlidir.
Poltavaning “Vorskla” klubida to'p surayotgan yarim himoyachi uchun yakunlangan mavsum har tomonlama muvaffaqiyatli kechdi. U o'z jamoasi bilan oldiga qo'yilgan vazifani bajarishdan tashqari joriy chempionatda klubning eng yaxshi futbolchisi degan sharafli nomga ham sazovor bo'ldi. Uning “Vorksla”ning eng yaxshi futbolchisi bo'lgani Tursunovning imkoniyatlari yuqoriligi ko'rsatib berdi. Legioner nomini munosib ravishda oqlagan futbolchimizdan poltavaliklarning yangi mavsumda ham umidi katta.  



- “Vorskla” klubining saytida yilning eng yaxshi o'yinchilariga ovoz berish jarayoni o'tkazildi va unda siz boshqalarni katta farq bilan ortda qoldirgan holda eng yaxshi o'yinchiga aylandingiz...

- Ha, mening ham klub rasmiy saytida ovoz berish jarayoni bo'layotganidan xabarim bor edi. Uning dastlabki 30 foizini kuzatgandim. Adashmasam, 60 foizdan ko'prog'ini yiqqanman. Jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish albatta katta sharaf. Bilasizmi, yaxshi o'yinchilar jamlangan jamoada eng yaxshisi bo'lish – bu aqlbovar qilmaydi. “Vorskla”da uzoq yillardan beri to'p surib, muxlislar mehrini qozonib kelayotgan futbolchilar ko'p. Qaysi futbolchi eng yaxshi o'yinchi bo'lganidan quvonmaydi deysiz?! Men ham bundan juda xursandman. O'ylaymanki, bunday yutuqning o'ziga xos ijobiy tomonlari bor. 

- Bu borada klub tomonidan qandaydir maxsus sovrin joriy etilganmi?
- Hozir bu savolingizga aniq javob bera olmayman. Qachonki, klubga qo'shilganimda bundan boxabar bo'lishim mumkin. Balki ular mening u erga borishimni poylab nimadir tayyorlab qo'yishgandir.

- “Vorskla”ga qachon qo'shilasiz?
- Jamoamiz 21 iyunda yig'ildi. Lekin men pasportimni yangilashim kerak. Boz ustiga oz-moz dam olishim lozim. CHunki chempionatdan so'ng xordiq chiqarishga vaqtim bo'lmadi. SHuning uchun futboldan biroz uzoqda bo'lib, keyin jamoaga qo'shilaman.



- Ukraina chempionatiga juda tez kirishib ketdingiz. “Vorskla”da qanday o'ynarkinsiz, deya havotirda ham edik. Ammo ushbu klubda “yo'qolib” qolganingiz yo'q. Sizning foydali koefficientingiz yuqori darajada bo'ldi. U erga moslashishda muammolarga duch kelmaganmisiz?
- Yo'q, u erga borganimda hech qanday muammolar bo'lmadi. Meni jamoadagilar xuddi eski qadrdonidek kutib olishdi va tezda moslashib ketdim. SHunday klublar bo'ladiki, unga ko'nikish qiyin kechadi va natijada kutilgan o'yinni ham ko'rsata olmay qolasiz.

- Qanday fikrdasiz, balki endi o'zingiz uchun har tomonlama mos klubni topgandirsiz?
- Men ham shunday deb o'ylayman. Barcha o'yinlarni boshlang'ich tarkibda o'tkazdim. Asosiysi, murabbiylar menga to'liq ishonishdi. Har qanday futbolchi o'ziga nisbatan ishonchni sezsa va doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lib, foydasi tegsa, o'z jamoamni topdim deb hisoblaydi.

- Ukraina chempionatidagi ishtiroklaringiz orasida siz uchun yoqimli xotira qoldirgan o'yinlar bo'ldimi?
- Ha. Bunday uchrashuvlar ko'p bo'ldi. Mavsum oxiridagi oltita o'yinda ketma-ket g'alaba qozondik. Siz aytgandek, yoqimli taassurot qoldirgan o'yinlar sifatida “SHaxtyor”ga qarshi uchrashuvni aytishim mumkin. O'shanda biz 1:0 hisobida g'alaba qozonganmiz. SHuningdek, “Dnepr”ga qarshi qiyin kechgan bahsda durangga erishdik. Yana boshqa uchrashuvlarda oxirgi daqiqalarda gol urib yutib ketgan o'yinlarimiz ham bo'ldi.



- Ukraina chempionati haqida gapirganimizda birinchi navbatda ko'z oldimizga Maksim SHackix keladi. Siz esa uning hamyurti sifatida o'sha mamlakatda faoliyatingizni davom ettiryapsiz. Ayting-chi, kimdir sizga SHackixning natijalarini eslatdimi?
- Maksni Ukrainada hurmat qilishadi. Ochig'i, u erdagi mavqei juda baland. “Dinamo” tarkibida chempionatda va CHempionlar ligasida ko'rsatgan yorqin o'yinlarini haligacha maroq bilan eslashadi va bundan keyin ham yodga olib yuradilar. U erga borganimda ko'pchilik mendan SHackix bilan o'ynaganmisan, deb so'rashardi. Baribir “Vorskla”ga birinchi marta borganimda mening O'zbekistondan ekanligimni bilishgach, Maksim SHackix bilan Vitaliy Denisovni eslashdi.

- SHackix bilan doimiy aloqada bo'lib turdingizmi?
- U bilan asosan “Goverla” bilan o'ynaganimizda ko'rishardik.

- “Vorskla” bilan ajoyib mavsumni o'tkazganingizdan keyin hamma sizning keyingi faoliyatingiz bilan qiziqyapti...
- Klub bilan o'rtamizdagi shartnomam 30 iyunda tugaydi. Lekin bu havotirli emas. CHunki biz klub bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirishga kelishib oldik. Jamoamiz yangi mavsumda Evrokubokda ishtirok etadi. Maqsadimiz u erda ham yaxshi natija ko'rsatish. U erga borganimdan keyin shartnomaga imzo chekaman. To'g'risi, bundan birinchi bo'lib siz xabar topdingiz. Uyga qaytayotganimdayoq ular shartnomaga qo'l qo'yib ketishimni aytishgandi. Ammo ularga shoshilmaslikni, avval uyga borib kelishimni va so'ngra bemalol yangi bitim imzolashga vaqtimiz bo'lishini aytgandim. Murabbiy bilan ham telefon orqali gaplashdim va uning tinchlanishini, albatta yangi mavsumda ham “Vorskla”da to'p surishimni aytdim.



- Bunday savolni bejizga bermagandim. Negaki, oldingizda yaxshi takliflar ham bor edi, to'g'rimi?
- Ha, variantlarim bor edi. Boya aytdim-ku, “Vorskla” murabbiylari menga ishonishadi. SHunday ekan, issiq joyimni tashlab ketib nima qilaman? Balki keyinchalik qandaydir o'zgarish bo'lishi mumkin. Ammo hozir “Vorksla”daman. Siz ham bilasiz, futbolchi bugun bu erda bo'lsa, ertaga boshqa joyda paydo bo'lib qolishi mumkin.

- Umumiy manoda mavsum siz va jamoangiz uchun qoniqarli kechdi. Bunga zid ravishda siz uchun kamchilik yoki muammolar ham bo'ldimi?

- CHempionat boshlanishidan avval oldimizga evrokuboklarda qatnashish vazifasi qo'yilgandi. Mavsum yakunida esa qo'yilgan maqsadni bajardik. SHu bois hammasi biz uchun ko'ngildagidek kechdi, hech qanday muammolar bo'lmadi. Ha, har bir jamoa imkoni boricha yuqori o'rinlarga intiladi. Hozircha bizning kuchimiz 5-o'ringa etdi. Rostmi-yolg'onmi bilmadimu, 4-o'rindagi “Zarya”dan uch ochko olib tashlashdi va uning o'rniga bizning chiqib olganimizni aytishdi. Lekin bu qanchalik haqiqatligini u erga borganimdan so'ng bilib olaman.

- Poltavadagi hayotingiz qanday kechdi?
- Bir kunlik kunim shunday o'tardiki, ertalab uyg'onib mashg'ulotga hozirlik ko'rardim. Bazida mashq qilishimiz soat 2 yoki 3 da, bo'lmasa kechki 5-6 da boshlanardi. Ayniqsa, yoz faslida mashg'ulotlarimiz kechki salqinda bo'ladi. Har doim tayyorgarlikdan ikki soat oldin barchamiz klub qarorgohida to'planamiz. Mashg'ulotdan keyin dam olishni yaxshi ko'raman. Bazi paytlarda jamoadoshlarim bilan oilaviy tarzda ko'chada sayr qilamiz yoki biror joyda o'tirib ovqatlanamiz. Bu hol jamoaning yoqimli ananalaridan biri. Quvonarlisi, “Vorskla”da juda ahil jamoa yig'ilgan.



- Siz uchun qiziqarli voqealar ham bo'lib turadimi?
- Men bilan bog'liq?! Ochig'i, hozir eslay olmayapman.

- Ijtimoiy tarmoqlar orqali sizning ajobtovur rasmlaringizni ko'rdim.
- Klubda barchamiz kulishib yuramiz. SHu bois hamma bir-biri bilan hazillashishni yaxshi ko'radi. To'g'risi, men ham jim yurmayman va ko'pincha sheriklarim bilan hazil qilib turaman. Ular meni rasmga olishganida esa o'zim buni sezmay qolaman va tushgan rasmimni internetda ko'rib hayron qolaman.

- Darvoqe, biroz kech bo'lsa-da, sizni oila qurganingiz bilan muborakbod etamiz. Baxt to'yingizga jamoadoshlaringiz ham tashrif buyurishdi.
- To'yim muddati aniq bo'lgach, barcha jamoadoshlarimni taklif qilganman. Har bir klubda futbolchining o'ziga yaqin insonlari, sirdoshlari bo'ladi. Ana shunday do'stlarim albatta to'yingga boramiz, to'ying bizsiz o'tmaydi deb ko'nglimni ko'tardilar. Ular so'zida turib mening to'yimga kelishdi va bundan xursand bo'ldim. Hammasi O'zbekistonga birinchi marta kelishganini va tezda mamlakatimiz ularga yoqib qolganini bir necha bor aytdilar. Keyingi safar ham albatta dam olish uchun bu erga kelishlarini rejalashtirib qo'ydilar. 

- Ularni telefon orqali taklif qildingizmi?
- “Vorskla”da yurgan paytimda to'yim kuni aniq bo'lgandi. SHuning uchun har bir futbolchini alohida taklif qilib chiqqanman. Yana ko'pchiligi kelmoqchi edi, ammo qolganlari ayrim sabablar tufayli qatnasha olmadilar. SHunga qaramay, klubdan 12-13 ta vakil keldi.



- Og'ir o'tgan chempionatdan so'ng har qanday futbolchi dam olishni xohlaydi. Lekin siz to'y tashvishlari bilan bo'ldingiz. Bu holat sizni charchatib qo'ymadimi?

- Yo'q. Nimagadir erishish uchun nimadandir voz kechish kerak-ku. Keyin ham dam olaveraman.

- Poltavada siz yoqtiradigan va doim o'sha erga boradigan maskaningiz bormi?
- SHahar markaziyada “Aliya” nomi bilan yuritiluvchi ajoyib joy bor. Agar bazada ovqatlanmasak jamoadoshlarimiz bilan birga o'sha erga boramiz. Sayr qilib yurish uchun ham juda qulay maskan. Bunga o'xshagan yaxshi joylar ko'p. 

- Mavzuni biroz o'zgartirmoqchiman. Yaqinda terma jamoamiz bilan KXDRga qarshi uchrashuvda ishtirok etdingiz. Taassufki, ushbu o'yin biz uchun omadsiz yakun topdi. O'sha o'yinda nimalar ro'y berdi?
- Keling, terma jamoani muhokama qilmaylik. Keyingi o'yinimizni sentyabrda o'tkazamiz. O'shanda boshqacha natija ko'rsatamiz. Hamma jamoada har xil vaziyatlar bo'lib turadi. Bunday noxush o'yin oxirgi marta bo'ldi deb o'ylayman. Hali albatta vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartira olamiz.

- Hazilomuz savol. Futbolchi bo'ydoqlik safini tark etganidan keyin oldingi o'yinini ko'rsatishga qiynaladi yoki biroz vaznga ega bo'lib qoladi. Bu borada qanday extiyotkorlik choralarini ko'ryapsiz?

- Menda faqat yaxshi tomonga o'zgarish bo'ladi deb o'ylayman. Vazn tarafidan esa hech qanday muammom yo'q. Bo'ydoqligimdan ko'ra yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qilaman.



- Klub tomonidan siz uchun alohida uy ajratilgan bo'lsa kerak-a?
- Ha, jamoa hamma futbolchiga kvartira bergan va ularning qatorida menga ham. 

- SHuningdek, legioner futbolchilarga klub tomonidan alohida mashina ham ajratiladi...
- Poltava Toshkentga o'xshab katta shahar emas. Futbolchilar bilan yaqin-yaqin masofalarda joylashganmiz. Rosti, bizga mashinaning keragi ham yo'q. Har doim mashg'ulotdan yarim soat oldin jamoadoshlar bilan birga kofeda yig'ilamiz. U erda esa 5-6 ta mashina bo'ladi va istaganiga o'tirib ketaverasiz. Bu jiddiy muammo emas.

- Klubda yaqin do'stingiz kim?
- U erda yaqin do'stlarim ko'p. Kimndir aytib, kimdir yodimdan chiqib qolsa xafa bo'lib qolishi mumkin.

- Kuni-kecha “Vorskla” klubining eng qimmat o'yinchilari ro'yxati elon qilindi va unda sizning narxingiz 1, 2 mln dollar sifatida baholangan. Bundan xabaringiz bormi?
- Men ham yaqinda ko'rib qoldim va xuddi shu summani yozishgan. Lekin “Vorskla”ning boshqa futbolchilari narxi qancha ekan deb qiziqqanim yo'q.



- Baribir siz uchun belgilangan narx etiboringizni tortdimi?
- Yo'q, katta etiborimni tortmadi. SHunchaki ko'rib, o'qidim, shu xolos.

- Suhbatimiz yakunida muxlislaringiz uchun qanday gapingiz bor?
- Bizni har xil vaziyatda olqishlab turishini istayman. Faqat yaxshi kunlarda emas, balki qiynalgan paytlarimizda ham dalda bo'lib turishsin. Hayotda quvonchli kunlar har kuni ham bo'lavermaydi. SHuning uchun muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashiga muhtojmiz.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
“Futbol Ekspress” gazetasi  

Saytimizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
Tvitter
Feysbuk
Instagram
mytube.uz
youtube.com
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика