Sanjar SHoahmedov: "Abramov bizni o'yinga ruhan yaxshi tayyorlay oldi"
09 apr 2015 12:44
Yangiliklar


Sanjar SHoahmedov: "Abramov bizni o'yinga ruhan yaxshi tayyorlay oldi"
OCHL 4-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Sadd" (5:0) uchrashuvidan so'ng mikst-zonada "temiryo'lchilar" futbolchisi Sanjar SHoahmedovning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
"Oldingi o'yinda yirik mag'lubiyatga uchragandik. Javob bahsida o'sha mag'lubiyat uchun muxlislar oldida g'alaba qozonishimiz shart edi va buni uddaladik. Ishqibozlar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Uchrashuvdan oldin Vadim Abramov bizni o'yinga ruhan juda yaxshi tayyorlay oldi va bu bahsda o'zimiz ko'zlagan maqsadga erishdik. Yirik hisobdagi g'alabani kutganmidim? Futbolda harakat qilsa har qanday hisobda g'alaba qozonish mumkin. Hammasi harakatga bog'liq", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Sanjar SHoahmedov.
Eslatib o'tamiz, Sanjar SHoahmedov ushbu bellashuvda jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.
Eslatib o'tamiz, Sanjar SHoahmedov ushbu bellashuvda jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Fikrlar