So’nggi yangiliklar

22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  1 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1

"Buxoro" hali beri o'z maydonida harakat qilmaydimi? Liga Buxoro futbol akademiyasi maydoni yuzasidan xavotirda Yangiliklar

"Buxoro" hali beri o'z maydonida harakat qilmaydimi? Liga Buxoro futbol akademiyasi maydoni yuzasidan xavotirda

Teglar :  Buxoro
2025-yilgi mavsumda “Buxoro” futbol klubi Superliga doirasidagi uy uchrashuvlarini Toshkent shahrida yoki raqib jamoa maydonida o'tkazishga majbur bo'lmoqda.

Avvalroq “Buxoro”ning uy uchrashuvlari uchun Buxoro futbol akademiyasi maydonini tayyor holatga keltirish rejalashtirilgandi. Biroq maydonning yoritish tizimi hozirga qadar Liga talab qilgan ko'rinishga keltirilgani yo'q. Shundan kelib chiqib, klub faqatgina O'zbekiston kubogi doirasidagi uy uchrashuvlarinigina mana shu maydonda qabul qila olmoqda. 

Endilikda futbol maydoni holati yuzasidan ham xavotirlar mavjud. 2022-yilgi O'zbekiston kubogining final uchrashuvi Buxoro shahrida o'tkazilgan bo'lib, uning arafasida Liga rahbariyati viloyat futboli uchun masul shaxslar bilan uchrashuv o'tkazgan hamda maydon masalasida fikr almashgandi. Qo'shimchasiga, stadion va maydonni rasmiy uchrashuvlarga qay tartibda tayyorlash kerakligi to'liq ko'rsatib berilgan, parvarish uchun mahalliy mutaxassislarni o'qitish mavzusi ham kun tartibidan joy olgan.  

Shunga qaramay, o'tgan davr davomida Buxorodagi futbol maydonlarini parvarish qilish uchun na mahalliy mutaxassis tayyorlandi va na boshqa mutaxassislar bilan ishlash amaliyoti yo'lga qo'yildi. Shuningdek, stadion parvarishi uchun Liga talab qilgan birorta texnika sotib olinmadi. Ayni vaqtda maydon maysasi uchun zarur bo'lgan ozuqa ham mavjud emasligi, maydon parvarishi etarli darajada amalga oshirilmayotganidan kelib chiqib, futbol akademiyasi maydonining holati ham kundan-kunga yomonlashib bormoqda. 

Jazirama kunlar yaqinlashib kelayotgani, bu vaqtda maydon holatini ushlab turish yanada murakkab ko'rinish olishidan kelib chiqib, Liga futbol maydoniga etiborni professional darajaga olib chiqishni tavsiya qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика