MYU "Fiorentina" hujumchisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Forvardning tovon puli 50 mln evroni tashkil qiladi
08 may 00:43
Yangiliklar


MYU "Fiorentina" hujumchisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Forvardning tovon puli 50 mln evroni tashkil qiladi
Footmercato malumotiga ko'ra, mankunianliklar "Fiorentina" hujumchisini yozgi transfer oynasida o'z saflariga qo'shish uchun qiziqish bildirmoqda.
Italiya klubiga 13 million evro evaziga o'tgan futbolchining shartnomasi 2029 yil iyun oyigacha amal qiladi. Hujumchining klub bilan shartnomasida 50 million evro miqdorida tovon puli ko'rsatilgan. Bu band joriy yilning 1 iyulidan 15 iyuligacha amal qiladi.
Takidlanishicha, "Manchester Yunayted" rahbariyati yozda hujum chizig'ini kuchaytirishni o'zining asosiy ustuvor vazifasi sifatida belgilagan. Footmercato xabariga ko'ra, agar Ruben Amorim klubga Chempionlar ligasi yo'llanmasini taminlay olmasa, mankunianliklar Viktor Osimxen yoki Kin nomzodlariga murojaat qilishadi. 25 yoshli italiyalik aniq ustunlikka ega, chunki u kelajakda klubga ko'proq daromad keltiradigan futbolchi hisoblanadi.
Bu mavsumda Moyze A Seriyasidagi 30 ta o'yinda 17 ta gol urdi, barcha musobaqalarda esa jami 24 ta gol kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar