Sanjar Rizaev: "Yangi 2014 yil sayt ijodkorlariga omad va muvaffaqiyatlar olib kelsin"
31 dek 2013 12:45
Yangiliklar

Sanjar Rizaev: "Yangi 2014 yil sayt ijodkorlariga omad va muvaffaqiyatlar olib kelsin"
O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaev saytimiz va muxlislarimizni yangi yil bilan tabrikladi.
31 dekabr kuni soat 00:00ni ko'rsatib, Yangi yil kirib kelishi bilan dunyo aholisi bir-birini ana shu voqea bilan tabriklay boshlaydi. Zero, eski yilning tugashi-yu, yangi yilning boshlanishi oddiygina taqvim o'zgarishi emas. Kim uchundir bu xayrlashish, kim uchundir qarshilashish degani. Kimdir Yangi yilda yangi rejalar bilan yangi hayotga qadam tashlaydi. Kimdir esa eski odatlarini tashlashga qaror qiladi. Zero, inson shunday yaralgan. U yangi tong, ertani, yangi hafta, oy va yilni kutib yashaydi. O'zgarishi uchun, albatta.
Men istardimki, o'zgarish uchun odamlar, insonlar yangi yilni kutmasinlar. Yangi yil faqat oddiygina taqvimdagi o'zgarish bo'lib qolsin. championat.asia ijodkorlariga ham 2013 yilning 31 dekabri va 2014 yilning birinchi yanvarini xabarlarga to'la oddiy ish kunidek o'tkazayotgani uchun o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman. Yangi 2014 yil sayt ijodkorlariga omad va muvaffaqiyatlar olib kelsin. Yilning 12 oyida, haftaning 7 kunida, kunning 24 soatida mana shunday operativ ishlashda davom etsinlar. CHunki, biz "CA"ni o'qiymiz!
O'zbekiston Futbol Federaciyasi matbuot xizmati nomidan "CA"ni, uning ijodkorlarini, o'quvchilarini Yangi 2014 yil bilan TAB-RIK-LAY-MAN!!!
Sanjar Rizaev O'FF matbuot xizmati boshlig'i.

Fikrlar