Sanjar Asqaraliev: “Mavsum oxiriga qadar “Buxoro”da o'ynayman”
21 iyu 2014 11:00
Yangiliklar
Sanjar Asqaraliev: “Mavsum oxiriga qadar “Buxoro”da o'ynayman”
Taniqli futbolchi Sanjar Asqaraliev nihoyat keyingi taqdiriga oydinlik kiritdi.
Futbolchining aytishicha “Buxoro” varianti uni to'la to'kis qanoatlantirgan. Bu haqda Sanjarning o'zi shunday deydi:
- Ikkinchi davrani oliy ligada o'tkazishim aniq edi. Buning uchun oldimda bir qator variantlar ham turgandi. Ularning orasida “Buxoro”ni tanladim. O'ylaymanki ushbu qarorim to'g'ri bo'ldi. Bu erda bosh murabbiy va klub rahbariyatining menga bo'lgan ishonchi katta. Bu esa har qanday futbolchi uchun muhim omillardan biridir. SHuning uchun ham buxoroliklar taklifini rad eta olmadim.
- Jamoaga kirishib ketishim qiyin kechmadi. CHunki bu erda ham o'zim yaxshi tanigan futbolchilar bor. Aynan shu o'yinchilar menga yangi muhitga moslashib ketishimda yordam bermoqda.
- Nasib qilsa ikkinchi davrada bor kuchimni ishga solib, jamoa muvaffaqiyatlariga hissa qo'shishni istayman. Jamoamiz ayni damda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda. Rejaga ko'ra sinov-nazorat o'yinlarida ham maydonga tushmoqdamiz. Bu orqali o'z o'yin uslubimizni shakllantirib boryapmiz – deydi Asqaraliev.

Fikrlar