Sanya Gvardiola va Venger mashg'ulotlaridagi farq haqida aytib berdi
21 fev 2018 18:45
Yangiliklar


Sanya Gvardiola va Venger mashg'ulotlaridagi farq haqida aytib berdi
"Arsenal" va "Manchester Siti" sobiq himoyachisi "Benevento" himoyachisi Bakari Sanya ikki jamoa bosh murabbiylari Arsen Venger va Xosep Gvardiolaning ish uslublari haqida gapirib berdi.
"Ularning farqi bor. Gvardiola ko'proq taktikaga etibor qaratadi. Menga uning mashg'ulotlari yoqardi, undan ko'p narsani o'rgandim. Gvardiola xuddi shaxmat o'ynayotgandek tasavvur uyg'onardi, chunki u futbolchining har bir harakatini hisobga oladi.
Venger uchun texnika muhim. U mashg'ulotlarda ko'p marta imtihon uchrashuvlari o'tkazadi va o'rganilganni shu bahslarda ko'rsatishimizni istardi. Bu borada uni ustoz desak ham bo'laveradi" - deydi Sanya.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar