Santush Polsha terma jamoasini boshqarishi mumkin
23 jan 2023 22:48
Yangiliklar
Santush Polsha terma jamoasini boshqarishi mumkin
Fernandu Santush Polsha terma jamoasining keyingi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.
Polshaning Sport nashri xabar berishicha, dushanba kuni 68 yoshli mutaxassis muzokaralar uchun Varshavaga uchib ketgan.
Avvalroq Polsha terma jamoasi portugaliyalik boshqa mutaxassis Paulu Bentu bilan aloqaga chiqqan.
Fernandu Santush bungacha Portugaliya terma jamoasi bilan sakkiz yildan ortiq ishlagan. U JCH-2022'dan so'ng ushbu lavozimni tark etdi, ushbu turnirda jamoa chorak finalga yo'l oldi va Marokashga yutqazdi.
Eslatib o'tamiz, Evro-2024 saralashida Polsha terma jamoasi CHexiya, Albaniya, Farer orollari va Moldova bilan bir guruhdan joy olgan.
Fikrlar