“Santos” ustozi futbolchilarning maoshi to'lab berilishi uchun o'z oyligidan voz kechmoqchi
21 mar 2019 22:41
Yangiliklar


“Santos” ustozi futbolchilarning maoshi to'lab berilishi uchun o'z oyligidan voz kechmoqchi
Braziliyaning “Santos” klubi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli jamoa rahbariyatiga o'z oyligidan voz kechishni so'rab murojaat qilgan.
Gap shundaki, jamoa futbolchilari 1,5 oydan buyon maosh olmayapti. Argentinalik mutaxassis va uning murabbiylar shtabiga esa pul mablag'lari vaqtida to'lab berilgan. Sampaoli o'z oyligidan voz kechib, uni shogirdlariga taqdim etmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 59 yoshli murabbiy 2018-yilning yozida Argentina terma jamoasidan istefoga chiqarilgan va joriy yildan boshlab Braziliya klubini boshqarib kelayotgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar