So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  110 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Sanjar Tursunov terma jamoaga qaytadimi? Yangiliklar

Sanjar Tursunov terma jamoaga qaytadimi?

"Andijon" bilan o'yindan keyin ijtimoiy tarmoqlarda AGMK sardori mahalliy muxlislarni haqorat qilgani to'g'risida gap-so'zlar ko'paydi.

Sanjar Tursunovning o'zidan voqelikka munosabat bildirishini so'radik. 

— Sanjar aka, "Andijon" bilan o'yinda tomoshabinlarga nisbatan provakaciya bo'ldimi? Nega ko'pchilik sizdan norozi?

— Men muxlislarga nisbatan hech qachon hurmatsizlik qilmaganman, chunki futbol ular uchun o'ynaladi. Etibor qilsangiz, har o'yinning yakunida 2 soat vaqtini ayamasdan stadionga kelgan ishqibozlarga minnatdorchilik bildirib, keyin maydonni tark etamiz. 

Andijondagi o'yinga kelsak, 88-daqiqada zaxiraga olindim. Maydondan chiqishim bilan chapak chalib, barcha muxlislarga rahmat aytdim. O'sha paytda tribunadan haqoratli so'zlar eshtila boshladi. Kimlardir o'rtancha barmog'ini ko'rsatib, so'kinishda davom etdi. Bu ishni men qilganim yo'q. Ularga javoban ko'rsatkich barmog'imni yuzimga tegkazib, "uyat" degan manoni ifodaladim xolos. 


Agar o'sha insonning qandaydir gapi bo'lsa, bemalol Toshkentga kelishi mumkin. Har doim shu erdaman. Ko'rishib, gaplashib olamiz. 

O'yindan oldin "Andijon" fanatlari yigitlarni toshbo'ron qilish bilan qo'rqitmoqchi bo'lishdi. 1 kun avval mening o'zimga ham yozishgandi. Biz umuman etibor qilmadik. Ammo chigilyozdi mashg'ulotini o'tkazayotganimizda, to'p burchakdan o'yinga kiritilayotgan vaziyatda tribunadan narsalar uchib keldi. SHuning uchun kimdir uzr so'rashi kerak bo'lsa, u biz emasmiz. 

Men bitta so'zli bolaman. Agar kimnidir haqorat qilsam, tan olaman. Boshqalar ham tushunishi kerak: 50 ming so'm to'lab stadionga kirgani hech kimga futbolchining oila azolarini haqorat qilish yoki tosh uloqtirish huquqini bermaydi.

— AGMK klubida iyul oyidan keyin bir qancha omadsiz o'yinlar bo'ldi. Ayni paytda jamoa o'ziga kelib oldi, desak bo'ladimi?

— SHukrki, g'alabali seriyani boshlab oldik. Aniq xulosani esa chempionat tugaganidan keyin berishimiz mumkin. Ungacha faqat yaxshiroq ishlash talab qilinadi. Aytishadi-ku, futbolni bugun va ertaga o'yna. O'tgan kundan xulosa olib, yanada kuchliroq bo'lishimiz kerak.

— Oxirgi o'yinlarda maydonda barchadan ajralib turibsiz. Uzoq masofadan urilayotgan chiroyli gollar, muhim uzatmalardan keyin jurnalistlar Tursunovning terma jamoaga qaytishi haqida gapira boshlashdi. Buni muxlislar ham xohlayapti. Sizning munosabatingiz qanaqa bo'ladi?

— Bilasiz-ku, Italiya faxriylariga qarshi o'yin bilan terma jamoadagi faoliyatimni yakunlagan edim. SHunga qaramay, meni yana o'sha libosda ko'rishni xohlayotganlarning barchasiga rahmat aytaman. Bu futbolchi uchun yoqimli holat.

— Yani, taklif bo'lsa, qabul qilmaysizmi?

— Futbol bilan shug'ullanishni boshlayotgan bolakaylar ham qachondir terma jamoada o'ynashni orzu qilishadi. Bu libosni kiyish o'ziga xos masuliyat yuklaydi. CHunki o'rtada vatan shani bor. Endi tasavvur qiling, qanaqasiga bu taklif rad qilinishi mumkin. Men qaerda, qanaqa holatda, qaysi vazifada bo'lishimning ahamiyati yo'q. Qachondir menga ehtiyoj paydo bo'lsa, bor kuchimni shu ish uchun sarflayman (maydon tashqarisida bo'lsa ham). 

Bu o'ylanadigan narsa emas. CHaqirishsa, vatan shani uchun boringizni berasiz. Boshqa paytlarda muxlislik qilishda davom etasiz.

— Hozir mavsum startiga nisbatan ancha yaxshi ko'rinyapsiz. Buni qanday izohlasa bo'ladi?

— CHempionat men uchun jarohat bilan boshlangandi. 1-turga 10 kun qolganda shikastlandim. SHunga qaramay, "Metallurg" bilan o'yinda maydonga chiqqanim uchun jarohat jiddiylashdi. Keyin "So'g'diyona" bilan o'yindagi vaziyat. Xullas, 1-davra oxirigacha jarohatlar qiynagandi. Hozir formaga kirib oldim va jamoamga ko'proq foyda keltirish uchun harakat qilyapman.

— Navbatdagi savolim yoqmasligi mumkin. Hakamlar mavzusi yana muhokama markazida turibdi. Bazi jamoalarni ataylab "o'ldirishayotganini" iddao qilayotganlar ham bor. Bu fikrga qo'shilasizmi?

— SHamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Bu mavzu faqat bizda emas, xorij chempionatlarida ham aktual. Bazi referilar inson faktori tufayli adashishadi. Bazilar esa ataylab xato qiladi. SHuni qattiq qoralayman. 

Men har doim halol futbol tarafdoriman. Siz bilan oldin suhbatlashganimizda ham aytgandim. Ehtimol bordir. SHunaqa ishlar haqida aniq malumot topsam yoki ko'rsam, albatta, bildiraman. 

— Yanvar oyidagi intervyumizda futbol to'liq halollashmaganini aytgandingiz. "Maxaradze ishi" buning isbotimi?

— To'g'risini aytsam, o'sha yangiliklarga hozircha ishonmayapman. Kimdir Kaxiga tuhmat qilayotgan bo'lishi ham mumkinda. SHuning uchun barchasi aniqlanmaguncha munosabat bildirmaganim yaxshi.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика