Sanjar Tursunov nima uchun 17-raqamni tanlaydi?
12 jan 2022 12:13
Yangiliklar
Sanjar Tursunov nima uchun 17-raqamni tanlaydi?
O'zbekiston terma jamoasi bilan 2011 va 2015 yillarda o'tkazilgan Osiyo kubogida ishtirok etgan Sanjar Tursunov championat.asia saytiga intervyu berdi.
Ayni paytda Olmaliqning AGMK klubi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi nega asosan 17 raqami tushirilgan liboslarni tanlaganini ochiqladi: "Yoshlikdan har doim 7-raqam yoqardi. Lekin qaysi jamoaga borsam ham, bu raqam band bo'lardi. SHu tufayli 17 yoki 77'ni tanlashga majbur bo'lardim. Keyinchalik terma jamoada ham 17-raqamda o'ynadim va bu qadrli bo'lib qoldi".
Fikrlar