So’nggi yangiliklar

16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  1 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  4 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  2 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  3 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  3 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  7 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  2 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  4

Sanjar To'raqulov: “Oliy liga yo'llanmasi hali naqd qilingani yo'q” Yangiliklar

Sanjar To'raqulov: “Oliy liga yo'llanmasi hali naqd qilingani yo'q”

“Obod” jamoasi chempionat tugashiga bir tur qolganida peshqadamga aylanib oldi.

Endi Toshkentning ushbu klubi asosiy taqibchisi bo'lgan “Oq-tepa”ning o'yiniga qarab o'tirmaydi va so'nggi turda o'z uyida “Kosonsoy”ni mag'lub etsa, 1-o'rinni egallagan xolda, elitaga yo'l oladi. Biz esa “Obod”ning asosiy figuralaridan biri bo'lgan Sanjar To'raqulov bilan bog'lanib bir qator savollarga javob oldik.

- Jamoangizning “Xotira-79”ga qarshi bahsidan oldin ko'pchilik “Obod”ni favorit deya baholagandi. O'yin haqida nima deysiz?
- Namanganda o'tgan uchrashuvda garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, qiyinchilik bilan uch ochkoni qo'lga kiritdik deyish mumkin. Oson o'yin bo'lgani yo'q. Raqib ham jiddiy qarshilik ko'rsatishga urindi. Ammo ketma-ket gollar urib olganimizdan keyin hammasi biz uchun ko'ngildagidek kechdi.

- Ushbu g'alabadan emas balki “Oq-tepa”ning ochko yo'qotgani kayfiyatni yanada ko'tarib yuborgan bo'lsa kerak?
- Albatta. Asosiy taqibchimizning o'z uyida durang qayd etgani bizga qo'l keldi. SHu tariqa turnir peshqadamiga aylanib oldik. Aslida maqsadimiz ham birinchi o'rinni egallash edi.

- “Obod”ni oliy liga yo'llanmasi bilan tabriklasak bo'ladimi?
- Yo'q, menimcha elita masalasi to'la to'kis hal etilmadi. Oldinda yana bitta tur qoldi. Etiborlisi hammasi shu o'yindan keyin aniq bo'ladi. Hozircha shoshilmasdan turaylik.

- Endilikda “Oq-tepa”ning qanday natija qayd etishi sizlar uchun muhim emas. Asosiysi “Obod”ning o'zi kelasi turda g'alaba qozonsa bo'lgani. To'g'rimi?
- Ha. Buni hozirda yigitlar juda yaxshi tushunib turibdi. Keyingi turda “Oq-tepa” safarda “Xorazm” bilan kuch sinashadi. Ularning qanday natija qayd etishidan qatiy nazar biz o'z maydonimizda “Kosonsoy”ni mag'lub eta olsak, marra bizniki bo'ladi.



- Ko'pchilik “Obod”ni keyingi turda “Kosonsoy”ni yutadi degan fikrlarin bildirmoqda. Bu kabi gap so'zlar o'yindan oldin sizlarga ruhan ustunlik berishi aniq. Ammo raqibni mensimaslik ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Albatta. SHu bois oliy ligaga chiqdik deyishga biroz erta. Rasmiylashtirib olganimizdan keyingina xursandchilik qilish mumkin. Buning uchun “Kosonsoy”ni mag'lub etishimiz zarur. Ayni damda barchamiz bo'lajak bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdamiz.

- Nima deb o'ylaysiz, o'tgan mavsumdan buyon birinchi ligada o'ynab kelayotgan “Obod” agarda kelasi yil elitada ishtirok etsa sharoit va moddiy jihatdan qiynalib qolmasmikin?

- Bugungi kundagi yaratilgan sharoitlar birinchi liga toifasida alo darajada desa bo'ladi. Ammo oliy ligaga chiqilganidan so'ng o'zgarishlar qilinishi talab etiladi. Menimcha rahbariyat har tomonlama puxta o'ylab, so'ngra oldimizga kuchlilar safiga chiqish vazifasini qo'ygan bo'lsa kerak.

- “Obod”ni o'yin uslubi haqida ko'pchilik iliq fikrlarni bildirmoqda. SHuningdek ahillik ham birinchi o'ringa chiqqan ekan...
- To'g'ri. Ko'z tegmasin jamoadagi yigitlar juda ahil va inoq. Huddi bir oiladekmiz. Sababi ilgari “Bunyodkor” o'rinbosarlar jamoasida xarakat qilgan ko'plab o'yinchilar jamlanganidan bo'lsa kerak. Yosh jihatdan ham deyarli tengmiz. Maydonda va uning tashqarisida bir-birimizni so'zsiz tushunadigan darajaga chiqib bormoqdamiz.

- Qanday fikrdasiz, agarda kelgusi yil oliy ligada ishtirok etadigan bo'lsanglar, asosiy tarkib o'zagi saqlanib qolinadimi?
- Buni avvalo rahbariyat va murabbiylar shtabi hal qiladi. Menimcha asosiy tarkibning o'zagi saqlab qolinsa kerak. Agarda shu tarzda ish tutilsa ham ishonmanki jamoadoshlarim bemalol elitada ham o'ynab keta oladi. To'g'ri, boshida qiyin bo'lishi aniq. Ammo keyinchalik hammasi ko'ngildagidek kechadi deb o'ylayman.

- O'zingiz ham “Obod”da qolsanggiz kerak?
- Nasib qilsa oliy ligada ham jamoa sharafini himoya qilaman. Aslida “Obod” tashkil topayotgan yillari ko'pchilik futbolchilarni tarkibga jalb etib, ahil bir jamoa tuzilishida ozmi-ko'pmi hissa qo'shganmiz. O'rta yoshdagi yigitlar bilan kurashchan jamoani shakllantirib, vaqti kelib oliy ligaga chiqishni ko'zlagandik. Mana ko'rib turganingizdek joriy mavsum bunga juda yaqin turibmiz. O'zimga kelsak, ilgari ham oliy liga klublarida o'ynaganman. Ammo o'zim xohlagan darajada o'yin ko'rsata olmagandim. Tabiiyki birinchi liga bilan elita o'rtasidagi farq katta. Oldindan bir narsa deb bo'lmaydi. Xarakat qilinsa hamma narsaga erishish mumkin. O'z ustimda yanada ko'proq ishlab, oliy ligada ham bemalol o'ynab ketishga intilaman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика