So’nggi yangiliklar

22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6

Sanjar SHoahmedov: “Temurxo'ja Abduholiqovning goli jamoaga g'alaba keltirdi” Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: “Temurxo'ja Abduholiqovning goli jamoaga g'alaba keltirdi”

Kecha Qatar yulduzlar ligasi 17-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Unda hamyurtlarimiz bo'lmish Temurxo'ja Abduxoliqov va Sanjar SHoahmedov to'p tepadigan “Al-Sayliya” o'z uyida “Umm-Salal” jamoasini qabul qilib hujumchimiz Temurxo'ja Abduxoliqovning goli evaziga 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Ushbu bahsda Sanjar SHoahmedov ham faol ishtirok etdi. Bahsdan so'ng SHoahmedov ilk uchrashuvdagi taassurotlari haqida fikr bildirdi.

“Al-Sayliya” safidagi ilk uchrashuvimizni “Umm-Salal” jamoasiga qarshi o'tkazdik va kichik hisobda g'alaba qozondik. Ushbu bahsda Temurxo'ja Abduxoliqov raqiblar darvozasini penaltidan ishg'ol qildi. 11 metrlik jarima to'pini esa himoyachimiz ishlagandi. Biz uchun ushbu jamoadagi ilk o'yinimiz bo'lgani uchun biroz qiyinchilik bo'ldi.

Sekin-asta jamoaga moslashib olyapmiz. Kechagi o'yindan yaxshi taassurotlar qoldi. Ushbu bahsda men 70 daqiqa maydonda harakat qildim. O'yin yakuniga etganidan so'ng murabbiylar shtabi g'alaba bilan barchamizni tabrikladi. Raqib jamoa bizga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdi. Hech kimda hech qanday jarohatlar yo'q, hozircha barchasi yaxshi.

Uchrashuvda futbolchilar bilan bir-birimizni tushunib harakat qildik. Keyingi bahsni 26 yanvar kuni “Al-SHaxaniya” jamoasiga qarshi o'tkazamiz”, - deydi “Al-Sayliya” futbolchisi Sanjar SHoahmedov.

Jahongir Sotvoldiev


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика