So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

Sanjar SHoahmedov: "Muxlislar stadionda ajoyib muhit yaratishdi" Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: "Muxlislar stadionda ajoyib muhit yaratishdi"

Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Hilol" (2:1) uchrashuvidan keyin "temiryo'lchilar" yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov o'z fikrlarini bildirdi.


- Uchrashuv yuqri tezlikda o'tdi. Taassurotlar bir olam. Barcha xursand, muxlislar esa g'alabadan quvonishmoqda. Bugun aynan stadionga kelgan ishqibozlarning qo'llab-quvvatlashi bizni oldinga chorlab turdi. Ular stadionda ajoyib muhitni yaratishdi. Ishqibozlarga qay tarzda minnatdorchilik bildirishga ham so'z topa olmayapman. Muxlislarga katta rahmat aytaman.

CHorak finalga yo'l oldik va endi kelgusi bahslarda ham yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. "Al Hilol" Osiyoning eng kuchli jamoalari qatorida turadi. Ularni yutganimiz bizni o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni yanada orttirdi. Muhimi chorak final masalasini hal etdik. Osiyoda barcha jamoalar bilan o'ynasa bo'ladi.  Xudo xohlasa muxlislarni yanada xursand qilamiz. Stadion? Ha, "Bunyodkor" stadionidagi OCHL o'yinlarida davom etib kelgan noxush ananaga chek qo'yganimizni bilaman. Nihoyat OCHL o'yinlarida gol kiritildi. Buning uchun nima qilish kerak ekan? Maydonga tushdik, yugurdik, borimizni berib harakat qildik va maqsadimizga erishdik. Menimcha, bugun yomon o'ynamadik.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика