So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  17

Sanjar SHoahmedov: Gol urish uchun hujumchi bo'lish shart emas Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: Gol urish uchun hujumchi bo'lish shart emas

Lokomotiv yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov yakuniga etgan mavsum kashfiyotlaridan biriga aylandi.

Etti yil mobaynida Olmaliq sharafini himoya qilgan istedodli futbolchi joriy yil avvalida Toshkent klubiga ko'chib o'tgan va temir-yo'lchilar bilan bir yillik shartnomaga imzo chekkandi. Uning statistikasi yangi klubga nechog'li tez kirishib ketganidan dalolat berib turibdi. CHempionlik uchun kurashayotgan jamoa tarkibidagi debyut mavsumdayoq faqat chempionatning o'zida 14ta gol urish - yarim himoyachi uchun ajoyib ko'rsatkich. Natijada Lokomotiv tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi. SHuningdek, eng ko'p o'yin o'tkazish borasida ham unga teng keladigani topilmadi: 29ta uchrashuvda 2493 daqiqa harakat qildi. Darvoqe, eng intizomli futbolchi nomi ham unga tegishli: 29ta o'yinda biror marta ogohlantirish olmadi. Mavsum yakunlangach, Sanjarning klub bilan tuzgan shartnomasi muddati nihoyasiga etdi. Tabiiyki, omadli mavsumdan so'ng unga bo'lgan qiziqish yanada ortdi. Malumotlarga qaraganda, SHoahmedovga BAA, Malayziya va Xitoy klublaridan takliflar tushgan. Ushbu malumotni u bilan uyushtirilgan suhbat chog'ida futbolchining o'zi ham tasdiqladi.

- Sanjar, dastlab chempionat yakunlari haqida suhbatlashsak...

- Mavsum turli taassurotlarga boy tarzda kechdi. Lokomotiv rahbariyati jamoa oldiga chempionlik vazifasini qo'ygandi. Lekin bu rejamiz amalga oshmay, kumush medallar bilan cheklandik. SHaxsiy fikrim, vice-chempionlik ham yomon natija emas, zero keyingi yili to'g'ridan-to'g'ri OCHLning guruh bosqichida ishtirok etamiz. Nasib qilsa, kelasi mavsum O'zbekiston chempioni bo'lishga harakat qilamiz.

- Oltinlar uchun kurash so'nggi turgacha davom etdi. Lekin Qo'qonda boy berilgan ikki ochko jamoangizni chempionlikdan bebahra qoldirdi. SHundaymi?

- Bu fikrga qo'shilaman. Qo'qonda 2:0 hisobidagi g'alabani o'yin oxirigacha ushlab qololmadik. To'g'ri, boshqa uchrashuvlarda ham ochkolar boy berildi. Lekin bizni aynan Qo'qon-1912 chempionlikdan mahrum qildi, deb bemalol ayta olaman. Vaholanki, o'sha turda Paxtakor safarda Bunyodkorga engilgandi. G'alaba qozonganimizda, mavsum oxirigacha chempionlik masalasi o'z qo'limizda saqlanib qolardi. Afsus, o'sha durangning juda alamli bo'lgani hozir juda-juda bilinyapti. 29-turga kelib ham chempionlikdan umid uzmagandik: Qarshida Paxtakorning ochko yo'qotishini kutgandik, ammo...



- O'zbekiston kubogi yarim finalida Nasafga imkoniyat boy berildi. Yakunda qarshilik futbolchilar klub tarixida ilk marotaba mamlakat kubogiga ega chiqishdi. Bu jamoadan o'tish mumkinmidi?

- Dastlabki o'yinda qayd etilgan hisob (2:0) ajdarlarning imkoniyatini keskin oshirdi. Javob uchrashuvida bitta to'p kiritdik. SHundan ke-yin ham Eldor Suyunov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilish uchun etarlicha imkoniyatlar yuzaga keldi. Afsuski, vaziyatlardan unumli foydalana bilmadik. Bunga aksariyat hollarda mehmonlar ham yo'l qo'yishmadi. Nasaf - kuchli jamoa. Finalga chiqsak bo'lardi, lekin bu futbol, unda hamisha g'alaba qozonishning iloji yo'q. Ko'p narsa omadga ham bog'liq.

- Joriy mavsum shaxsan o'zingiz uchun omadli keldi. Futbolchi sifatida ancha o'sishga erishdingiz...

- Albatta. Etti yil davomida Olmaliqda o'ynadim, Igor Anatolevich qo'l ostida ulkan tajriba to'pladim. Qaysidir manoda bu klub katta futbolda men uchun tramplin vazifasini o'tadi. Lokomotiv safiga qo'shilishim esa faoliyatimda tub burilish yasadi. CHempionat kumush medaliga ega bo'ldim. Qitamizning klublar miqyosidagi eng nufuzli turniri - OCHLda ishtirok etdim. Eng muhimi, milliy terma jamoadan chaqiruv oldim. Yana bir quvonarli holat, 14ta gol bilan Lokomotiv to'purariga aylandim, oliy liga goleadorlari orasida kuchli uchlikka kirdim. Bu mavsumni aslo unutmayman.

- Albatta, yarim himoyachi uchun ajoyib ko'rsatkich...

- Tabiiyki, darvozani ishg'ol qilishda jamoadoshlarim ko'magiga tayandim. Aslida, yarim himoyachining vazifasi - hujumchilarga to'p etkazib berish. Lekin qulay vaziyat tug'ilganda o'zim zarba berishga intildim va bu urinishlar aksariyat hollarda samarali yakunlandi. Umuman olganda esa, kiritgan gollarimda sheriklarimning hissasi katta. Fursatdan foydalanib, ularga minnatdorchilik bildiraman.

- SHaxsan sizga qaysi poziciyada harakat qilish maqulroq? Balki sof hujumchi sifatidagi salohiyatingizni ham sinab ko'rarsiz?

- O'zimga qolsa, hujumchi ortida o'ynasam, deyman. Yoshligimdan shu chiziqda harakat qilaman. Fikrimcha, gol urish uchun hujumchi bo'lish shart emas.

- Qiziq fakt shundaki, o'smirlar, yoshlar va olimpiya termalarida o'ynamay turib, to'g'ridan-to'g'ri bosh jamoaga taklif etildingiz. Birinchi taassurot qanday bo'ldi?

- Haqiqatan ham, milliy termamizdan chaqiruv olgunimga qadar boshqa yoshdagi termalarda o'ynamaganman. Bu xabarni eshitib juda xursand bo'ldim. Axir bosh jamoa libosini kiyishni kim ham orzu qilmaydi, deysiz? Birinchi kundanoq mashg'ulotlarga astoydil kirishdim. Berilgan imkoniyatdan foydalanib qolishim kerak edi. Terma jamoadagi muhit alo darajada ekan. Ayniqsa, yulduz futbolchilarimiz - legionerlar bilan birga mashg'ulot o'tkazishdan katta taassurot oldim. Mashg'ulotlar juda qiziqarli, klubdagidan farq qiladi. KXDR va Yaman termalariga qarshi kechgan uchrashuvlarda ishonchli g'alabalarga erishildi. Guruhning so'nggi ikki uchrashuvida ham zafar quchib, so'nggi bosqichga birinchi o'rinda chiqishimiz kerak. O'ylaymanki, bugungi kunga kelib ancha shakllangan terma jamoamiz bu vazifani bajarishga qodir. JCH-2018 yo'llanmalari uchun kechadigan so'nggi bosqichda Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Eron kabi qitamizning kuchli jamoalari qatnashishadi. Bizni yanada murakkab o'yinlar kutib turibdi. Aslida, qitamizdagi deyarli barcha termalar kuchayib borishmoqda. Tailand, Xitoy, Qatar, Saudiya Arabistoni kabi jamoalar ham o'z oldilariga jiddiy vazifalarni qo'yishgan. O'ylaymanki, so'nggi bosqich o'yinlari muxlislarni aslo zeriktirmaydi.

- Bizdagi malumotlarga ko'ra, bu yilgi omadli ishtirokdan so'ng sizga xorij klublaridan takliflar bo'layogan ekan. Aynan qaysi jamoalar qiziqish bildirishyapti?

- Menimcha, xorij klublarida legioner maqomida o'ynashni har bir futbolchi istasa kerak. Orzuim o'ziga yarasha nufuzga ega xorij jamoalari safida o'ynash edi. Siz aytgandek, bir nechta ana shunday takliflar tushyapti. Klub rahbariyati bilan ularni ko'rib chiqamiz. Malayziya, Xitoy, BAA klublari meni o'z saflariga qo'shib olmoqchilar. Aynan qaysi jamoalar chaqirayotganini sir tutganim maqul bo'lsa kerak. Tez orada bu masalaga oydinlik kiritiladi.



- Lokomotiv bilan tuzgan shartnomangiz muddati yakuniga etdi. Balki o'zingizni boshqa chempionat va klubda sinab ko'rarsiz?

- Men ham shu haqda o'ylayapman. Lekin boshqa tomondan Lokomotiv kelasi yili OCHLning guruh bosqichida ishtirok etadi. Ana shu nufuzli musobaqada o'zimni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'laman. Hozir tatildamiz. Tez orada bu masalaga oydinlik kiritiladi. Albatta, birinchi navbatda klub rahbariyati bilan kelishgan holda bir qarorga kelamiz. Bundan birinchi galda klubim ham manfaatdor bo'lishi kerak.

- Sanjar SHoahmedovning millionlar o'yiniga kirib kelishi qanday kechgan?

- Esimni taniganimdan beri futbol o'ynayman. Hamma bolalar qatori men ham mahallada ko'cha changitib to'p tepganman. Etti yoshimda otam mendagi qiziqishni ko'rib, futbol maktabiga olib borganlar. Bilasizmi, bu avvaliga menga yoqmagan. SHunchaki havaskor sifatida o'ynayman, kelajakda boshqa kasbni tanlayman, deb yurardim. Lekin ikki marta mashg'ulotga borib, professional tarzda shug'ullanganimdan keyin futbolga qiziqishim keskin ortgan. Igor Kazakov mening birinchi murabbiyim bo'ladilar. Keyinchalik Vitaliy Denisovning otasi Gennadiy Denisovdan ham juda ko'p narsa o'rgandim. Eng katta yordam bergan mutaxassislardan yana biri bu SHkvirindir. Olmaliqda haqiqiy futbolchi bo'lib shakllanishimda Igor Anatolevichning hissasi beqiyos. Ustozlarimdan bir umrga minnatdorman.

- Har bir yosh futbolchining o'ziga yarasha havas qilgan o'yinchisi, yani kumiri bo'ladi. Siz kimlarga o'xshashni xohlagansiz?

- Yoshligimdan to bugungi kungacha Xavining o'yinlarini katta ishtiyoq bilan tomosha qilaman. Ispaniyalik futbolchini kumirim, deb hisoblayman. U ham markaziy yarim himoyada o'ynaydi. Ayni payt Qatar yulduzlar ligasida to'p suryapti. Tabiiyki, klublardan Barselonaga muxlislik qilaman.

- Realga qarshi kechgan so'nggi El Klassiko siz uchun bayramga aylanibdi-da?..

- Albatta (kuladi). Santyago Bernabeuda kechgan uchrashuvni miriqib tomosha qildim. Sevimli jamoangiz g'alaba qozonsa, baribir, yaxshida. Ayniqsa, bunday nufuzdagi o'yinlarda principial raqibni uning maydonida yirik hisobda mag'lub etish har tomonlama yoqimli. Menimcha, o'sha kuni Barselona kuchliroq ko'rindi. Buni tablodagi yakuniy hisob ham namoyon etdi. SHunchaki, Realning o'yini qovushmadi. Qolaversa, Barselona futbolchilari raqibning erkin o'ynashiga imkoniyat berishmadi. Bahs boshidanoq maydonda hukmronlikni qo'lga olgan kataloniyaliklar yakunda ishonchli va haqli g'alabaga erishishdi. Messining jarohatidan forig' bo'lib, safga qaytgani ham muxlislarni xursand qildi. Messi-Suares-Neymar triosi maydonda ko'p narsani hal qilmoqda. SHunga qaramay, Barsani chempionlik bilan tabriklashga ancha erta. Mavsum hali uzoq davom etadi, oldinda uchrashuvlar ko'p. Barselona qaerdadir qoqilishi mumkin. Bundan tashqari, Madridning ikkinchi jamoasi - Atletiko ham niyati jiddiy ekanligini isbotlashga urinyapti.



- O'zbekiston chempionati yakuniga ko'ra, mavsumning uch nafar eng yaxshi futbolchisini aniqlab bersangiz. Bu sizning shaxsiy tanlovingiz bo'ladi.

- Legionerlarimizdan Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov va Sardor Rashidov, milliy chempionatimizdan esa Doston Hamdamov, Igor Sergeev va katta Jasur Hasanovni kuchli uchlikda ko'rishni istardim. Ayniqsa, Hamdamov yosh bo'lishiga qaramay, bu yilgi mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazdi. Uni Osiyoda ham tan olishdi. Yangi Zelandiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ko'rsatgan o'yinlari, Bunyodkor klubidagi to'purarlik qobiliyati, hammasi bir bo'lib qitaning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishiga zamin yaratdi. Igor Sergeev chempionat to'purarligini qo'lga kiritdi, bugungi kunda milliy termamizning birinchi raqamli hujumchisiga aylandi. Jamoadoshim Jasur Hasanov ham o'zidan yorqin taassurot qoldirdi. Jahon futbolidan esa Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Neymarni kuchli uchlikka qo'yaman.

- Murabbiylardan-chi?

- O'rinlarini aytmayman. SHunchaki kuchli uchlikda Ro'ziqul Berdiev, Samvel Babayan va Igor SHkvirinning nomini ko'rishni xohlardim. Aslida, yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi kimlar ekanini jurnalistlar bergan ovozlardan so'ng bilib olamiz.

BIZNING MA'LUMOT

Sanjar SHoahmedov - 1990 yilning 23 sentyabr kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Oiladagi o'g'illarning kenjasi. Uch nafar akasi bor. Ulardan biri - Sarvar SHoahmedov Lokomotiv futzal klubida to'p suradi. Sanjar etakchi klublarimizdagi shaxsiy avtomobili bo'lmagan kamsonli futbolchilardan biri. Olmaliq - uning oliy ligadagi ilk klubi. Bunga qadar CHig'atoy futbol maktabida Gennadiy Denisov qo'l ostida shug'ullangan. Olmaliq tarkibiga 2008 yilda qo'shilgan. Ikki mavsum o'rinbosarlar safida maydonga tushib, 2010 yildan buyon asosiy jamoada o'ynay boshlagan. 2010-2014 yillar mobaynida Olmaliq sharafini himoya qilgan. Bu vaqt oralig'ida oliy ligada 98ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan. Milliy chempionatimizdagi dastlabki to'pini 2011 yili So'g'diyona darvozasiga kiritgan.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика