Sanjar SHoahmedov: "Bizning g'alabamiz muxlislarimizning g'alabasi"
19 noy 2016 11:39
Yangiliklar
Sanjar SHoahmedov: "Bizning g'alabamiz muxlislarimizning g'alabasi"
"Lokomotiv" klubi o'z uyida Bekobodning "Metallurg" jamoasini qabul qilib chempionlik nomini rasmiylashtirishdi.
Ushbu bahsdan so'ng "temiryo'lchilar" futbolchisi Sanjar SHoahmedov o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz uchun uzoq kutilgan chempionlik qo'lga kiritildi. Bugungi "Metallurg"ga qarshi chiroyli o'yin bo'ldi. Mavsumni chiroyli chempionlik bilan yakunladik. To'g'ri, chempion bo'lganimizni bir kun avval bilib bo'lgandik.
Bugun g'alaba qozonganimiz qo'shaloq bayram bo'ldi. Muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyurdi. Bizning g'alabamiz muxlislarimizning g'alabasi. Keyingi yil ham barcha sovrinlarni qo'lga kiritish uchun harakat qilamiz", - deydi "Lokomotiv" klubi futbolchisi Sanjar SHoahmedov.
Jahongir Sotvoldiev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar