Sanjar Rashidov: "Jamoamni o'zgartirish va oldinga intilish vaqti kelganini tushunib etdim"
30 jan 2021 09:53
Yangiliklar


Sanjar Rashidov: "Jamoamni o'zgartirish va oldinga intilish vaqti kelganini tushunib etdim"
"Bunyodkor" bugun Farg'ona viloyatida o'tkazilayotgan "Hokim kubogi" musobaqasi chorak finalida Qirg'izistonning "Nur Batken" jamoasi bilan o'ynaydi.
Mazkur bahsdan oldin "qaldirg'ochlar" safiga yangi kelib qo'shilgan yarim himoyachi Sanjar Rashidovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Hokim kubogi" bahslari qiziqarli o'tmoqda. Bunday turnirlar hamisha etiborni o'ziga jalb qilib kelgan.
To'g'ri "Sug'diyona"da 10 yil davomida to'p tepdim. Malum bir sabablarga ko'ra ketdim. Jamoaning o'yinida o'zimni ko'rmadim. Klubimni o'zgartirish va yanada oldinga intilish vaqti kelganini tushunib etdim. Bu orada "Bunyodkor" murabbiylari aloqaga chiqib, taklif qilishdi.
"Nur Batken" bilan yaxshi o'yin bo'ladi. Biz uchun begona jamoa hisoblanadi. Musobaqada barcha jamoalarning kuchi teng deb o'ylayman", - deydi Sanjar Rashidov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar