Sanjar Rashidov: "Anchadan beri “Qizilqum”dan safarda ochko ololmagan edik”

Narzulla Saydullayev
17 apr 2017, 08:52
Ma'lumki, oliy liganing 6-turida “So'g'diyona” “Qizilqum”ga qarshi bahs olib bordi va safarda ilk ochkosini qo'lga kiritdi.

1:1 Ushbu bahsdan so'ng bir nechta o'yinlarda g'alaba keltirayotgan jamoamiz sardori Sanjar Rashidov o'yin borasida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin qiziq va muhlislarbob bo'ldi. Safardan ilk ochko bilan qaytmoqdamiz. Anchadan beri “Qizilqum”ga qarshi safarda ochko ololmagan edik. Bugun ushbu ananaga chek  qo'yganimizdan xursandmiz. Jamoaga g'alaba keltirayotganimdan xursandman. Keyingi tur o'z maydonimizda “Neftchi”ni qabul qilamiz va ushbu o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bugun tashruf buyurgan muxlislarimizga rahmat. Ularning qo'llab-quvvatlashi biz uchun kuch bag'ishlaydi - deydi Rashidov.

Dildora Xolboeva
“So'g'diyona” matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia