Sanjar Rashidov: “Afsuski omad bizdan yuz o'girdi”
05 mar 2017 16:50
Yangiliklar
Sanjar Rashidov: “Afsuski omad bizdan yuz o'girdi”
Kuni kecha O'zbekiston chempionati 1-tur uchrashuvlariga start berildi.
Ushbu turda Toshkentning “Bunyodkor” klubi o'z uyida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsdan so'ng “So'g'diyona” klubi futbolchisi Sanjar Rashidov o'z fikrlarini bildirdi.
“Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limida yaxshi harakat qilayotgan edik. Ikkinchi bo'limda himoyadagi xato tufayli darvozamizdan gol o'tkazib yubordik.Bizning maqsadimiz raqib jamoadan ochko olish edi.
Ushbu uchrashuvda jamoadoshlarim juda ham yaxshi harakat qilishdi. Afsuski omad bizdan yuz o'girdi. “Qaldirg'ochlar”ga qarshi deyarli yangi tarkib bilan maydonga tushdik. Aytib o'tganimdek bizga omad etishmadi”, - deydi “So'g'diyona” klubi futbolchisi Sanjar Rashidov.
Fikrlar