So’nggi yangiliklar

20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  0 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  3 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  3

Sanjar Quvvatov: "Ikkala jamoa ham g'alabaga haqli edi" Yangiliklar

Sanjar Quvvatov: "Ikkala jamoa ham g'alabaga haqli edi"

Kecha Superliga 3-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi "Nasaf"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng "sherlar" darvozaboni Sanjar Quvvatovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Nasaf"ning o'yinlarini ko'rib chiqdik. Jamoa juda ham yaxshi shakllanganiga guvoh bo'ldik. SHu bois bizda hech qanday bo'shashish bo'lgani yo'q. To'la to'kis tayyorgarlik ko'rdik", - deya o'yin haqida qisqacha fikrini bildirdi Quvvatov.

FOTO  "Paxtakor" va "Nasaf" ishtirokidagi super o'yindan FOTOMAQOLA

- Humoyun Murtazoev bilan birga-bir vaziyatdagi seyvingiz tufayli "Paxtakor" bugun ochko yo'qotmadi desak bo'ladi. O'sha vaziyatni yodga olsangiz...

- Albatta jamoamga foydam tekkanidan xursandman. To'pni qaytarish uchun bor kuchim bilan o'ynadim. O'sha vaziyatda gol o'tkazib yubormaslik shart edi, aks holda... O'yinni oxirigacha chidab berishgani uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman.

- O'yin jihatdan olib qaraganda qanday natija adolatli bo'lardi? 

- Menimcha biz ko'proq hujum qildik. Lekin, ikkala jamoa ham g'alabaga haqli edi. Omad degan narsa ham bor. Oxirigacha harakat qilganimiz uchun ham omad bizga kulib boqdi deb o'ylayman. 

- Uchrashuvdan keyin "Nasaf" kiyim almashtirish xonasiga kirib chiqdingiz...

- Sobiq jamoadoshlarimga yaxshi o'yin uchun rahmat aytib chiqdim. Yigitlar bilan ko'rishmaganimga ancha bo'lgandi. SHu bahonada ko'rib chiqdim. 

- Humoyun Murtazoevga hech nima demadingizmi? 

- Yo'q-yo'q. Humoyun bilan bitta tumanda yashaymiz. O'yin paytida ozgina qizishib ketdi, bu oddiy hol.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика