Sanjar Qodirqulov: “Markazda yaxshiroq o'ynashimni Drulovichga ham aytgandim. Uning javobi esa...”
26 may 2020 11:51
Yangiliklar


Sanjar Qodirqulov: “Markazda yaxshiroq o'ynashimni Drulovichga ham aytgandim. Uning javobi esa...”
O'tgan mavsum davomida universal futbolchi sifatida ko'zga tashlangan “Bunyodkor” futbolchisi Sanjar Qodirqulov qaysi poziciyada o'zini erkin his qilishi haqidagi savolga “Tezkor Studiya” loyihasida javob berdi.
“O'zimni yaxshi his qilsam qaysi poziciyada o'ynashimning farqi yo'q. Tailanddagi Osiyo chempionatida Lyubinko Drulovichga ham aytgandim. Qanotda o'yinim qovushmayapti, jamoaga foydam tegmayapti, markazga o'tkazing degandim. Lekin, Drulovichga qanotda o'ynab himoyachilarga yordamga qaytishim maqul kelgan ekan. Lekin, yuqorida aytganimdek chap qanot yarim himoyasidagi o'yinimdan o'zim qoniqmadim”,- deydi Qodirqulov.
Kechagi "Tezor studiya"ni quyida tomosha qilish mumkin:
O’xshash yangiliklar

Fikrlar