So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  14 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

“SA”ning uch yilligi munosib nishonlandi Yangiliklar

“SA”ning uch yilligi munosib nishonlandi

Kecha saytimizning 3 yillik bayrami nishonlandi. Tug'ilgan kun munosabati bilan, 1 dekabr, yakshanba kuni O'FF binosi oldidagi suniy qoplamali maydonda futbol shousi uyushtirdik.

Yakshanba kuni bo'lib o'tgan tadbirni kuzatib borish uchun milliy terma jamoamiz azolari Server Jeparov, Sanjar Tursunov, Farhod Tojiev va Temur Kapadze tashrif buyurdi. Uchrashuvda ishtirok etish uchun Dilshod Nuraliev qo'l ostida BAAdagi o'smirlar jahon chempionatida qatnashgan Sarvar Karimov, Rustam Ashurmatov, Jamshid Boltaboev, Ibrohim Abdullaev, Javohir Siddiqov murabbiy bilan kelishdi. SHuningdek, yakunlangan mavsumda “Guliston”da faoliyat ko'rsatgan Baxtiyor Ashurmatov sayt tadbiriga bir qator futbolchilar bilan tashrif buyurdi. Aleksandr Lobanov, Akbar Ismatullaev, Abduqahhor Hojiakbarov, Sanat SHixov, Temur Hakimov sayt o'quvchilari bilan futbol o'ynash uchun keldilar.

Yakshanba kuni kuchli yomg'ir bo'lishiga qaramay, ushbu futbolchilar hamda mamlakatimizning turli hududlaridan 50ga yaqin muxlislar O'FF maydoniga to'planishdi. Bu juda quvonarli holat. Futbolchilar ham, ishqibozlar ham noqulay havoda tadbirda qatnashishni rad etishmadi. Darvoqe, tushlik paytida maydonda to'p tepayotgan “Paxtakor” akademiyasining yosh tarbiyalanuvchilari mashhur futbolchilarni ko'rib qolib, ular bilan birga suratga tushib olish va o'yinchilar harakatlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Bu o'sib kelayotgan yosh avlodda futbolga bo'lgan mehrni yanada o'stirishi tabiiy.

Futbolchilar hamda muxlislar ikki jamoaga ajratildi. Birinchi jamoa safida o'smirlar terma jamoasi azolariga qo'shilib Temur Hakimov o'ynadi. SHuningdek, ishqibozlar jamoani to'ldirishdi. Ikkinchi jamoa tarkibida Baxtiyor Ashurmatov, Akbar Ismatullaev, Sanat SHixov, Abduqahhor Hojiakbarov va Aleksandr Lobanov harakat qildi. Takidlash lozimki, katta futboldan ketgan bo'lishiga qaramay, Baxtiyor Ashurmatov himoyada avvalgidek ajoyib o'yinlari bilan ko'pchilikning olqishlariga sazovor bo'ldi. Jamoalar safida 10 nafardan futbolchilar to'p tepishdi. Muxlislar soni ko'pligi sababli ular har ikki jamoa safida tez-tez almashtirib turildi. SHu tariqa tadbirga kelgan barcha ishqibozlar futbolchilar bilan bir jamoada o'ynashiga imkoniyat taqdim etildi. SHuningdek, sayt ijodkorlari ham maydonga tushib, to'p tepib ko'rishdi.

Qiziqarli kurashlar ostida kechgan bellashuvda birinchi jamoa azolari 2:0 hisobida zafar quchishdi. Har ikki bo'limda bu jamoa azolari Lobanov darvozasini bir martadan ishg'ol qilishdi. Nodirxo'ja Yuldashev esa o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida g'alaba qozonib turgan jamoa darvozaboni bilan o'z joyini almashdi. O'zi u avvaldan, kim yutayotgan bo'lsa, o'sha jamoa davrozasida turishni rejalashtirgan edi. SHu tariqa do'stona va shou ruhida o'tgan bahs yakunlangach, futbolchilar va sayt foydalanuvchilari o'zaro suhbatlashib, bir-birlari bilan yaqindan tanishib ham olishdi. Hammasidan qizig'i, “Paxtakor” FK xalqaro bo'lim boshlig'i Faxriddin Isamuhamedov uchrashuv komissari vazifasini bajardi. FIFA agenti Ravshan Salimov esa futbolchilarni  yig'ishda o'z yordamini ayamadi. Tadbir mobaynida ishqibozlar o'zlari yoqtirgan futbolchilar bilan birga suratga tushib olish imkoniyatini ham qo'lga kiritishdi. Saytning 3 yoshga to'lganligi bilan tadbirga kelgan futbol ichidagi insonlar va muxlislar ijodkorlar tomon tabrik yo'llashganidan so'ng sayt ijodkorlari ham o'quvchilarga esdalik sovg'alarini taqdim etdi.

Tadbirning so'nggi qismi fotosessiyadan iborat bo'ldi. Yani, muxlislar va futbolchilar, shuningdek, saytimiz xodimlari birgalikda esdalik uchun suratga tushishdi. Sayt orqali “SA”ni tug'ilgan kuni nishonlayotganidan xabar topgan Server Jeparov va Timur Kapadze noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan o'z sovg'alari bilan stadionga tashrif buyurdilar. Ular orasida, O'zbekiston olimpiya qo'mitasining birinchi Vice-prezidenti va bosh kotibi Oybek Qosimov ham tadbirda ishtirok etdi. SHunday qilib, ijobiy ruhda o'tgan tadbirga yakun yasaldi. Sayt ijodkorlari nomidan tadbirga tashrif buyurgan barcha futbolchilar, murabbiy va muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz. 


“SA-1” - “SA-2” 2:0.

Gol: Azamat Nazarov, 11. Javohir Siddiqov, 23.

“SA-1”: Sarvar Karimov (Nodirxo'ja Yuldashev), Rustam Ashurmatov, Jamshid Boltaboev, Ibrohim Abdullaev, Temur Hakimov, Javohir Siddiqov, Kattabek Ochilov, Azamat Nazarov va boshqalar.

Bosh murabbiy: Dilshod Nuraliev.

“SA-2”: Aleksandr Lobanov, Baxtiyor Ashurmatov, Sanat SHixov, Umarxo'ja Rasulxo'jaev, Fayzulla Saydullaev, O'tkir Adhamov, Mirshod Bekmurodov, Azizbek Ergashev va boshqalar.

Bosh murabbiy: Baxtiyor Ashurmatov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика