Sane va Gyundogan irqchilik qurboniga aylandi
23 mar 2019 00:19
Yangiliklar
Sane va Gyundogan irqchilik qurboniga aylandi
Evro-2020ning saralash bahslari doirasidagi Germaniya va Serbiya (1:1) o'rtasida bo'lib o'tgan bahsda, mezbon jamoa muxlislarining uch nafari Leroy Sane hamda Ilkay Gyundoganga qarata irqchilik kayfiyatidagi so'zlarni ishlatgan.
Mamlakat policiyasi bu holatni tezda o'rganib, stadiondagi video yozuvlar orqali tartibbuzarlarning shaxsini aniqlagan. Qidiruv elon qilinganidan so'ng esa uch nafar gumonlanuvchi o'z xohishi bilan policiya mahkamasiga kelgan.
Hozircha ularga qanday jazo qo'llanilishi nomalum. Aytish joizki, mazkur holat Germaniya futbolidagi birinchisi emas.
Fikrlar