Sancho MYUda o'ynamoqchi, "Chelsi" xavbekka qiziqish bildirgandi

Alisher
2 iyun 2021, 11:21
Yarim himoyachi Jeydon Sancho yozda Dortmundning "Borussiya" klubidan ketishi mumkin.

Nemis klubi futbolchini sotishga tayyor. "Chelsi" xavbek bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirgandi, ammo Sancho "Manchester Yunayted"ga o'tishni xohladi.

Oldinroq xabar berilganidek, "Borussiya" o'yinchi uchun 90 million evro atrofida mablag' ishlamoqchi.

21 yoshli o'yinchi yakunlangan mavsum Bundesliga doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic