Sancho "Manchester Yunayted"ga o'tmoqchi emas
28 noy 2019 13:11
Yangiliklar


Sancho "Manchester Yunayted"ga o'tmoqchi emas
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"ga o'tishni istamayapti.
Avvalroq, "qizil iblislar" 19 yoshli ingliz uchun 100 million evrodan ko'proq pul to'lashga tayyor ekanligi haqida xabar berilgandi.
Ammo futbolchining o'zi Ispaniyaning top-klublari "Real" yoki "Barselona"ga o'tishga ko'proq qiziqish bildirmoqda va Angliyaga qaytishni rejalashtirmayapti.
Yaqinda Sancho jamoasida boshlang'ich tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va uning "Borussiya Dortmund" bosh murabbiyi Lyusen Favr bilan munosabatlari joyida emas.
Sancho 2017 yilda "Manchester Siti"dan "Borussiya"ga o'tgandi. Ushbu mavsumda ingliz futbolchisi Germaniya chempionatida 10ta o'yin o'tkazdi va to'rtta gol urib, oltita assist ijro etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar