Sancho: "Manchester Yunayted" haqida hozir gapirmayman"
04 iyu 2021 13:13
Yangiliklar
Sancho: "Manchester Yunayted" haqida hozir gapirmayman"
"Manchester Yunayted"ning yangi futbolchisi Jeydon Sancho matbuot anjumanida klubi emas termasi haqida savol berishlarini so'radi.
"To'g'risini aytsam, hozir "Manchester Yunayted" haqida gapiradigan payt emas, bor etiborim termaga qaratilgan.
O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Bugun yutishimiz shart edi, o'z navbatida men ham maydonga tushish imkoniyatini qo'lga kiritdim. Bu men uchun o'zgacha holat. O'yinlarga tushirilmagan paytimda mashg'ulotlarga qaytib, bor kuchim bilan harakat qildim.
Angliya termasi tarkibida o'zimni yaxshi his qilyapman. Jamoaga yordam berishga tayyorman. Bizni katta o'yin kutib turganini bilardik. Barchasidan mamnunman", - dedi Sancho.
Fikrlar