Sanat Shixov 205-uchrashuvini o'tkazgan ekan

26 sen 2018, 10:50
Superliganing 24-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Buxoro” uchrashuvida mehmonlar safida to'p tepgan Sanat Shixov yubiley uchrashuvini o'tkazdi degan xabar bergandik.

29 yoshli futbolchi uchun “Paxtakor”ga qarshi bahs oliy liga (hozirgi superliga)da 200 emas 205-uchrashuv sifatida esda qoladigan bo'ldi.

Sanat oliy ligada debyut uchrashuvini “Paxtakor” safida 2008 yilgi mavsumda “Andijon”ga qarshi bahsda boshlagan. “Buxoro”ga qadar u “Qizilqum”, “Dinamo” va “Navbahor” klublari sharafini himoya qilgan.

AGMK matbuot xizmati vakili Baxtiyor Shirinovning saytimizga xabar berishicha 23-turda Sherzod Karimov va Dilyorbek Ermatov 200-uchrashuvlarini o'tkazishgan. 


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia